Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2026   |   18 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:14
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2026, 18 Rajab, 1447

Hojilarimizning xizmatidamiz

21.06.2023   1565   2 min.
Hojilarimizning xizmatidamiz

Har yili Haj mavsumining boshlanishi mo'min-musulmonlar uchun katta shodiyona bo'ladi. Yer yuzining har bir go'shasidan zimmasiga haj ibodati farz bo'lgan insonlar katta ishtiyoq va muhabbat bilan Makkai mukarramaga qarab yo'l oladilar. Yaratganning marhamati bilan biz ham ona yurtimizdan bir guruh ziyoratchilarga ellikboshi etib yuborildik. Ayni kunlarda yo'ldoshlarimizning xizmatida bardavom bo'lib turibmiz.

Mohiyatan haj – mashaqqat. Ana shuni hisobga olgan Davlatimiz rahbariyati qulay imkoniyatdan foydalanib qolish – minglab hajga borayotgan yurtdoshlarimizning og'irini engil qilib, buning evaziga chandon-chandon savoblarga ega bo'lish maqsadida, birinchi  o'rinda hajning kvotasini yildan yilga oshirib bormoqda. Jumladan, Vatanimizdan 2019 yil 7200 nafar, 2022 yil 12000 nafar yurtdoshimiz haj amalini bajarib qaytdi. Joriy yilda esa hojilarimiz soni 15000 taga etishi kutilmoqda.

Undan keyin esa musofir yurtga hajni niyat qilib kelgan yurtdoshlarimizning istiqomatining sifati yaxshilandi. Bilasiz, hajga keluvchilarning aksari nuroniy otaxonlaru munisa onaxonlar bo'ladi. Ularning har biri e'tiborga, parvarishga muhtoj bo'lishi yosh bilan bog'liq tabiiy hol, albatta. 

Masalaning ana shu jihatini hisobga olgan Diniy Qo'mitamiz raisi Sodiqjon Toshboyev, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Muftiy hazratning o'rinbosari Jaloliddin Hamroqulov va boshqa ulug'larimiz ziyoratchilarimizning har birining hol-ahvolidan xabardor bo'lib, ularga zarur bo'lgan barcha sharoitlarni hozirlashga bosh-qosh bo'lib turibdilar. Ayniqsa, bu borada poytaxtliklarning mingboshisi – Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor Yunusov, ishchi guruh tarkibidagi Alisher Soatov boshchiligidagi malakali shifokorlar, mahoratli oshpazlar, ellikboshilar hojilarimizga astoydil xizmat qilmoqdalar.

Muzaffarxon A_''ZAM,

 Toshkent shahridagi“Pulemas ota” masjidi  imom-xatibi

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi

06.01.2026   3488   1 min.
Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi

5 yanvar kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdullohxon domla Samatov boshchiligida viloyat vakilligi xodimlari, shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda “Haj–2025” ziyoratchilaridan iborat ishchi guruh a’zolari ishtirokida Namangan tumanidagi “Sayid Jaloliddin” jome masjidida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari hamda mahallalarda ma’naviy targ‘ibotchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan hojilar bilan Namangan tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Ishchi guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida:

  • “Haj–2025” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish,

  • imom-xatiblarning masjidni boshqarish faoliyatini o‘rganish va amaliy ko‘mak berish,

  • peshin namozi oldidan dolzarb mavzularda namunaviy ma’ruzalar o‘qish
    belgilab olindi.


Shuningdek, ishchi guruh a’zolari mahallalardagi ayrim xonadonlarga tashrif buyurib, aholi hol-ahvoli bilan tanishdi, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, mavjud muammolari o‘rganildi hamda namunaviy oilalarda keksalardan duoi xayrlar olindi.


Imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan mazkur ishchi guruh faoliyati viloyatning boshqa tumanlarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi
O'zbekiston yangiliklari