O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurti 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari joriy yilning 10-11 iyul kunilariga belgilanib, qabul imtihonlari adolatli, ochiq va oshkora o‘tkazilib, abiturentlar va ularning ota-onalariga qulay shart-sharoitlar yaratildi. Bu haqda Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus bilim yurti mudiri ma’lum qildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi M.Mirismailov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudir o‘rinbosari A.Dusmatov tomonidan abituriyentlarga imtihon tartib-qoidalari teran tushuntirildi. So‘ngra ota-ona va abituriyentlar ishtirokida muhrlangan imtihon materiallari hammaning guvohligida ochildi.
Abituriyentlar dastlab 10 iyul kuni “Ma’naviyat va ma’rifat” fani bo‘yicha ijodiy imtihon topshirdi. 11 iyul kuni esa bilim yurti binosida test sinovlari o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar ta’minlangan xonada abituriyentlar “ingliz tili” va “tarix” fanidan test topshiriqlarini bajardilar.















O‘MI Matbuot xizmati
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari