Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Avgust, 2025   |   7 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:18
Peshin
12:34
Asr
17:32
Shom
19:44
Xufton
21:10
Bismillah
01 Avgust, 2025, 7 Safar, 1447

Tunda Qur’on o‘qish xosiyatidan xabardormisiz?

11.07.2018   13743   3 min.
Tunda Qur’on o‘qish xosiyatidan xabardormisiz?

Kechasi bedor bo‘lib namoz o‘qishning, Qur’on tilovat qilishning gashti bo‘lakcha, fazilati ulug‘. Odamlar ayni shirin uyqudalik paytida ibodat qilgan inson yuksak maqomga erishadi. Tunda ibodatda qoim bo‘lib, Kalomullohni o‘qiydigan bandalar haqida Qur’onda shunday deyilgan: «Ahli Kitob orasida sajda qilgan hollarida tunlari Allohning oyatlarini tilovat qiladigan to‘g‘ri (yo‘ldagi) jamoat ham bor. (O‘sha zotlar) Allohga, oxirat kuniga imon keltiradilar, yaxshi amalga buyurib, isyon-gunohdan qaytaradilar, yaxshiliklar qilishga shoshiladilar. Ana o‘shalar  solih bandalardir» (Oli Imron surasi, 113-114-oyatlar).

 Ibn Kasir oyat tafsirida shunday degan: «Ular tunni ibodat bilan o‘tkazadilar, tahajjud namozini o‘qiydilar, Qur’on tilovat qiladilar».

 Ibn Burayda otasidan rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Qur’on qiyomat kuni sillasi qurigan kishi suratida kelib: «Seni  tunlari bedor qilgan, kugduzlari chanqatgan menman», deydi».

 Qur’on oxirat kuni sohibiga uning dunyodagi horg‘in suratida ko‘rinadi. Qori tunlari shirin uyqusidan kechib Qur’on o‘qiydi, Alloh yo‘lida charchaydi. Banda dunyoda Alloh yo‘lida xizmat qilgan, Qur’on o‘qigan bo‘lsa, Qur’on oxiratda bandaning yuqori martabalarga ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi.

 Rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni banda qabrdan chiqqanidan Qur’on uni holdan toygan kishi qiyofasida kutib olib:

— Meni tanidingmi? — deydi.

Banda aytadi:

— Seni tanimayman.

— Meni tanimaysanmi?

— Ha.

— Seni issiq kunlarda chanqatgan, tunlari bedor qilgan do‘sting Qur’onman. Har bir savdogar tijorati orqasidan foyda ko‘radi. Sen ham bugun tijorating ortidan manfaat olasan.

Shunda qorining o‘ng qo‘liga mulk, chap qo‘liga mangulik beriladi. Boshiga viqor toji kiydiriladi. (Qur’on o‘qigan insonning) ota-onasiga ikkita libos kiydiriladi.  Unga dunyo ahli teng kelolmaydi. Shu payt (ikkisi):

— Bu libos bizga nima uchun kiydirildi?! — deb (ajablanib) so‘rashadi.

— Farzandingiz Qur’on o‘rgangani uchun, — deyiladi.

Keyin (Qur’on sohibiga):

— O‘qi, jannat pog‘onasi va xonalari tomon ko‘taril, — deyiladi.

 U — tez o‘qisa ham, sekin o‘qisa ham — yuqorilab boraveradi.

 Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadi: «Kim tunda «Baqara» surasini o‘qisa, ko‘p va xo‘p qilibdi».

 Ibrohim Naxaiy: «Kechasi ozroq bo‘lsa ham Qur’on tilovat qilinglar!» deb tayinlardi.

 Avzoiy: «Kim tunlari bedor bo‘lib, ko‘p Qur’on o‘qisa, qiyomat kuni hisob berishi oson kechadi», degan.

 

Dilmurod MAMATOV

Baxmal tumani «Molguzar» jome masjidi

imom-xatibi

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar

Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

30.07.2025   10582   1 min.
Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Hazorasp tumanida yangidan qurib bitkazilgan “Hazrati Shayx Muxammad Amin” jome masjidining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, Hazorasp tumani hokimi Maqsudbek Abdullayev, shahar-tuman bosh imom-xatiblari va masjid imom-xatiblari, mahalla ahli jam bo‘lishdi.
 

Qur’oni karim tilovatidan so‘ng masjidning to qiyomatgacha Haq taologa ibodat qilinadigan sajdagoh bo‘lishini, xalqimiz e’tiqodi, ma’rifatini mustahkamlashda hidoyat va ziyo maskani bo‘lib xizmat qilishini so‘rab, bu xayrli ishga ko‘makchi bo‘lgan barcha ezgu niyatli kishilar haqiga duolar qilindi.
 

Ma’lumot o‘rnida zamonaviy talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur masjid 1600 nafar namozxonga mo‘ljallangan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Hazoraspda “Hazrati Shayx Muxammad Amin” masjidi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.