Ramazon oyi boshlanganidan buyon ko‘pchilikni qaysi mamlakatlarda qancha vaqt mobaynida ro‘za tutayotganliklari qiziqtiradi.
Misol uchun mamlakatimizda ro‘zadorlar har kuni qariyb 16 soatdan ortiqroq vaqt mobanida ro‘zador bo‘ladilar.
Ro‘za vaqtini hisoblashda mamlakatning geografik joylashuvi va yil fasli hisobga olinadi. Ba’zi paytlarda ro‘za tutish vaqti ayrim mamlakatlarda uch soatgacha to‘ri kelishi mumkin.
Biroq 2018 yilda Ramazon oyi uzun kun va qisqa tun bo‘ladigan paytga to‘g‘ri kelgan. Saxarlik va iftorlik vaqtini oddiy ko‘z bilan aniq aytish noqulay, buni Yer sharining shimoliy hududlarida yashovchi xalqlardan ko‘rish mumkin. Ushbu hududlarda tun yorug‘ kechgani sababli tun vaqti qisqa bo‘lmoqda.
Ushbu yilda eng uzun ro‘za vaqti Islandiya mamlakatida kuzatilmoqda. Ushbu mamlakatda tun vaqti bor yo‘g‘i 4 soat davom etadi. Yevropaning boshqa qismlari (Turkiya, Ispaniya)da esa kun uzoqligi 16 soatdir.
Yer sharining janubiy qismida joylashgan mamlakatlardan bo‘lgan Argentinada eng qisqa ro‘za tutish muddati to‘g‘ri keladi. BU vaqt o‘rtacha 11 soat 46 daqiqani tashkil etishi aniqlangan. Avstraliyada ham ro‘zadorlar 11 soat 50 daqiqa davomida ro‘za tutishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Arabiston yarimorolidagi mamlakatlarda esa ro‘za tutish vaqti 14 soat 22 daqiqani tashkil etmoqda.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 21-son jazoni ijro etish koloniyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani «Al-Imon» jome masjidi imom-xatibi Farrux domla Sultonov qatnashib, kitobning mazmun mohiyatini yig‘ilganlarga tushuntirib berdi.