Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Ramazon ruknidan: ro‘zadorning axloqi

16.05.2018   48129   1 min.
Ramazon ruknidan: ro‘zadorning axloqi

Ramazon poklanish oyi. Ya’ni, ro‘zadorda ruhiy axloqiy tozalanish bo‘ladi. Sahardan shomgacha yeb-ichishdan tiyila olgan odamda sabr­-qanoat tuyg‘usi ortadi. Irodasi mustahkamlanadi. Irodali, sabrli insonlar xotirjam bo‘lishadi. Xotirjam kishilar tillarini g‘iybatdan, behuda gap-so‘zlardan tiyadi. Ko‘ngillaridan hasadu g‘arazni, gina-kuduratni haydaydi. Odamlarga e’tiborli, rahm-shafqatli bo‘lishga intiladi. Shu sababdan ham Ramazon oyi nomiga ma’rifat, mag‘firat, tinchlik, xotirjamlik, sabr oyi kabi sifatlar qo‘shib aytiladi.

Hujjatul Islom Imom G‘azzoliy ta’rificha: “Ro‘za tutish jon uchun zakot, badan uchun riyozat, yaxshilik uchun da’vat, gunohlardan saqlanish”, demakdir. Islomning besh ustunidan biri bo‘lmish ro‘za tufayli o‘zaro ahillik, totuvlik, bag‘rikeng­lik tuyg‘ulari kuchlanadi. Hamjihatlik va  hamkorlikka intilish ortadi. Ro‘zador ushbu amallarga alohida e’tibor berishi kerak:

— biror kishi uni haqoratlasa yo urishsa, “Men ro‘zadorman”, deyish;

— quyosh botishi bilan tezda, shom namozini o‘qishdan oldin biror narsa (suv, xurmo) bilan og‘izni ochish;

— og‘izni ochishda rivoyat qilingan duolar bilan duo qilish;

— ortiqcha gap, lag‘v so‘zlardan tilni tiyish;

— ro‘zani buzmaydigan, ammo huzurbaxsh, nafsni taltaytiradigan narsalarni tark etish;

— oila a’zolari va qarindoshlarga kengchilik bilan muruvvat qilish. Beva-bechora, yetimlar va kambag‘allarga xayr-ehsonni ko‘paytirish;

— Qur’on qiroati, zikr va salavotlarni ko‘paytirish.

 

“RAHMAT OYI RAMAZON”kitobidan

 

Ramazon-2018
Boshqa maqolalar

Jannatdan uy

18.05.2025   3734   1 min.
Jannatdan uy

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman", dedilar.