2018 yil 14 may kuni yurtmizda mehmon bo‘lib turgan Xitoy islom uyushmasi raisi shayx Hasan Yang Fa Ming boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘ldi deb xabar bermoqda O‘MI Samarqand viloyati vakilligi.
Mehmonlarni temir yo‘l vokzalidan viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov va Samarqand shahar bosh imom xatibi N.Islamov kutib oldilar.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida dastlab O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligiga keldilar. Vakillikda tomonlar o‘rtasida suhbat olib borildi. Viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov mehmonlarga viloyatdagi diniy vaziyat, islohot va natijalar haqida so‘zlab berdi. Mehmonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Mehmonlar ziyorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasi, Registon, Shohi Zinda ansambli va Imom Buxoriy ziyoratgohida bo‘ldilar. Xitoy ulamolari yurtimizdagi islohotlar, islom dini rivojiga qaratilayotgan e’tiborga guvoh bo‘ldilar.
Ta’kidlash lozimki, mehmonlar yurtimizdagi o‘zgarishlarni o‘ta ijobiy baholadilar.
Shuning bilan Xitoy delegatsiyasining viloyatga tashrifi yakunlandi.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekistonda muborak Qurbon hayiti 2025 yil 6 iyun kuni nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori imzolandi. (https://president.uz/uz/lists/view/8178)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati