Karam inson salomatligi uchun juda ham foydali mahsulotdir. Karam tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V, V2, RR, K, Ye) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yog‘, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganes, temir va boshqa elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida iste’mol qilinadi. Karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. Karamda biriktiruvchi modda ko‘p. Unda kaliy, qand, oltingugurt, kalsiy, fosfor, yog‘lar, laktoza mavjud.
Karamning kechkisida ertagisidan ko‘ra S vitamini ko‘proq bo‘ladi. Bu vitamin uzilgan karam boshida sakkiz oy davomida kamaymasdan saqlanadi. Oq boshli karamda inson organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha vitaminlar va foydali mineral moddalar bor. Karam tarkibida glyukoza apelsin, limon va olmaga qaraganda ko‘proq, fruktoza miqdori esa, sabzi, piyoz, limon va kartoshkadagiga nisbatan ko‘proq miqdorda mavjuddir. Uning shifobaxsh xususiyatlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Tuzlangan karam o‘z tarkibidagi uksus va sut kislotalari organizmdan chirituvchi bakteriyalarni chiqarib yuborish xususiyatiga ega. Tarkibida saxaroza i kraxmal miqdorining ozligidan yangi karamni iste’mol qilish diabetiklar uchun ha mjuda foydali. Uni ozishni maqsad qilganlar ovqatlanish ro‘yxatiga kiritishlari mumkin.
Karamdagi ichaklar faoliyatini yaxshilovchi biriktiruvchi moddalar organizmni turli xiltlardan va xolesterindan tozalaydi va ichaklarda foydali mikroflorani shakllantiradi.i turli xiltlar chi sh ro‘yxatiga kiritishlari mumkin.
Terining kuygan, yiringli yara, sovuq urgan va zarbadan ko‘kargan joylariga maydalangan karam bargini kompres qilib qo‘yilsa, bu yara va jarohatlar bitishini tezlashtiradi.
Yangi karamdan olingan sharbat ichish yordamida pankreatitdan, oshqozon yarasidan, xoletsistitdan, gastritdan, me’yoridan baland yuruvchi oshqozon shirasidan, sistitdan va xronik piyelonefritdan forig‘ bo‘lish mumkin.
Karam sharbati asab qo‘zg‘alish illatini kamaytiradi, tomirlar aterosklerozini davolashda yordam beradi, ortiqcha vazndan xalos etadi va turli shishlarni ketkazishda yordam beradi.
Qondagi qand moddasi miqdorini kamaytirish uchun karam sharbatiga iliq suv qo‘shib, ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.
Karam sharbati ichish yuzga toshgan sepkildan forig‘ bo‘lishga sabab bo‘ladi.
Sariq kasali bilan og‘riganda, qabziyatda, bavosirda, gastritda, oshqozon shirasi me’yoridan past yurganida, bepushtlikda, disbakteriozda va doimiy charchoq his qilishda karam sharbati ichish tavsiya etiladi.
Karamni iste’mol qilib bo‘lmaydigan holatlar
Pankreatitda organizmning qorin va ko‘krak qismida jarrohlik amaliyotlarini boshidan kechirgan kishilar yangi karam iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim.
Oshqozon va ichak yo‘llarida qon oqishi, oshqozon yarasi xuruji, qalqonsimon bez faoliyati buzilishi holatlarida karam iste’mol qilish mumkin emas.
O‘tkir enterokolitda va diareya (ichketish)da karamni juda ehtiyot bo‘lib iste’mol qilish lozim bo‘ladi.
Yangi karam sharbatini ichish oshqozonida shira ajratilishi me’yoridan yuqori bo‘lgan kishilarga mumkin emas, chunki bu sharbat oshqozon bezi faoliyatini kuchaytiradi.
Gastrit, pankreatit, oshqozon yarasi , qon bosimi, jigar va buyraklarida xastaligi bo‘lgan kishilarga tuzlangan karam iste’mol qilish ruxsat berilmaydi.
Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi.
1 may 2018 yil.
Osmonlaru yerni yaratgan Zotning qarshisiga ma’siyatlar ila chiqa ko‘rmang, g‘azabiga toqatingiz, iqobiga sabringiz va azobiga qudratingiz yetmaydi.
Doktor Abdul Muhsin Ahmad o‘zining bir qarindoshi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi. Voqeaga ko‘ra bir yigit ukasiga doim “Allohga hamd aytgin” desa, ukasi: “Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?” – der, Yaratganga bo‘yin eggisi kelmasdi.
Axir uning bu gapini olamlar Rabbi bo‘lgan Zot eshitib turibdi! Alloh uni ikki oyog‘i bilan yurg‘izib qo‘yibdi, qancha odamlar yura olishmaydi. Necha-necha insonlar ko‘rish ne’matidan mosuvo bo‘lganida, uning ko‘zlari ko‘rib turibdi.
Vaqt o‘tib yigit avtohalokatga uchraydi. Uning a’zolari qattiq shikastlanadi. Operatsiyadan so‘ng doktor Abdul Muhsin Ahmad uni bir umr nogiron bo‘lib qolganligini, tanasining yarmi ishlamasligini, aniqrog‘i, bir o‘limdan qolganligini aytadi.
Alloh buyuk! Uning ne’matlari cheksiz. Biz bandalar doim shukrda bo‘lmog‘imiz lozim. Zero, Alloh taolo aytadi: «...Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir»[1].
Tasavvur qiling, bordi-yu, siz do‘zaxiylardan bo‘lsangiz, u yerdagi azobga chiday olasizmi?! Albatta, yo‘q.
Shunday ekan Allohga tavba qiling! U Zotga xush kelmaydigan ishlardan qayting. Solih amallar ila Rabbingizga yaqinlashing.
Alloh bergan ne’matlarga shukr qiling. Gunoh va ma’siyatning kichikligiga qaramang. Allohning buyukligini nazaringizdan qochirmang.
Alloh buyuk! U Zot sizni kutilmaganda ushlamasidan avval qalbingizni qo‘rquv ila to‘ldiring. Qazoingiz yaqinlashmasidan avval poklaning. O‘lim kelgandagi pushaymondan naf yo‘q va buning uchun imkon berilmas...
Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.
[1] Hud surasi, 102-oyat.