Abdurrohman ibn Mus’ab aytadi: “Kufada bir kishi bor edi. Uning ismi Asad ibn Solhab bo‘lib, obidlardan edi. Bir kuni u Furot daryosi bo‘yida turganida, o‘sha yerdagi bir kishining
إِنَّ الْمُجْرِمِينَ فِي عَذَابِ جَهَنَّمَ خَالِدُونَ
“Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida abadiy qolurlar”.
لَا يُفَتَّرُ عَنْهُمْ وَهُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ
“U ulardan yengillatilmas va ular u (azob)da noumid holda qolurlar” (Zuxruf surasi, 74-75-oyatlar). (Ya’ni, azob ahli jahannamdan hech yengillatilmaydi. Ular o‘sha azob ichida noumid bo‘lgan hollarida abadiy qolib ketadilar.) deb tilovat qilganini eshitidiyu, suvga yiqilib, vafot etdi. Alloh rahmatiga olsin!”
Abu Is'hoq Sa’labiyning “Qotla-l-Qur’an” nomli
asaridan Nozimjon Iminjonov tarjimasi
O‘MI Matbuot xizmati