2022-2023 o'quv yilida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini 76 nafar talaba bitirmoqda. Shundan 10 nafari ayol-qizlar hisoblanadi. Bitiruvchilar bakalavr darajasini olishlari uchun diplom mavzularini tanlab, yil davomida kichik ilmiy tadqiqot olib borishdi.
Bitiruv malakaviy ishi himoyalari kunduzgi ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabalari uchun bo'yicha shu yil 12-24 iyun' kunlari o'tkaziladi. Shuningdek, kunduzgi ta'lim shakli 4-kurs talabalari uchun “Umumkasbiy fanlar – arab tili” va “Ixtisoslik fanlari – aqoid va fiqh” bo'yicha yakuniy attestatsiya sinovlari 6-9 iyun' kunlari bo'lib o'tadi.
Aqoid va fihqiy fanlar, Hadis va islom tarixi fanlari, Tillar, Tahfizul Qur'on va Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan o'z yo'nalishlariga oid tavsiya etilgan mavzular bo'yicha talabalar bitiruv diplom ishlarini bajardi.
Bu haqda institut prorektori Soatmurod domla Primov va Ilmiy tadqiqot bo'limi boshlig'i Ma'murjon Erkayev tomonidan 4-kurs talabalarining Bitiruv diplom ishlariga bag'ishlangan yig'ilishda aytib o'tildi. Unda, shuningdek, bitiruv diplom ishlarining holati, rasmiylashtirilishi, old himoya natijalari va hulosalar, e'lon qilingan ilmiy maqolalar kabi masalalar muhokama qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#xabar #haj2025
Bugun, 12 iyun kuni erta tongda yurtimiz hojilarining ilk guruhlari yurtimizga yo‘l olishdi.
Aytib o‘tish joiz, bu yilgi haj mavsumi har qachongidan ham fayzli, shukuhli o‘tdi. Haj arkonlarini bajarish uchun yurtimiz mo‘min-musulmonlariga Madinai munavvara, Makkai mukarramada yaratilgan shart-sharoitlarga ko‘plab musulmonlarning havasi kelganiga barcha guvoh bo‘ldi.
Ayniqsa, mehmonxonalar, Mino, Arafot vodiylaridagi qulaylik va imkoniyatlar, tibbiy va transport xizmatlari barchani mamnun etdi.
Endilikda ibodatlarni huzurlanib ado etgan, yuz-ko‘zlari porlagan, peshonalaridan nur balqigan hojilarimizning dastlabki guruhi diyorimizga qaytishmoqda.
Alloh taolo hojilarimizning hajlarini qabul aylasin. Farzandu anjumandlari bag‘riga eson-omon yetib olishsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati