Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Yanvar, 2026   |   16 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:27
Shom
17:12
Xufton
18:30
Bismillah
05 Yanvar, 2026, 16 Rajab, 1447

Nafl namozi: shuruq va zuho namozlari

14.03.2018   21000   1 min.
Nafl namozi: shuruq va zuho namozlari

Shuruq (ishroq) namozi 

Muoz ibn Anas al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim bomdod namozini o‘qib bo‘lganidan keyin namoz o‘qigan joyida to choshgoh namozini o‘qiguncha o‘tirsa, faqat yaxshilikdan boshqani gapirmagan bo‘lsa, uning xatolari, agar dengiz ko‘pigidan ko‘p bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deganlar”.

Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. Termiziyning lafzida:

“Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq”, deyilgan.

Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namoz “Salotush-shuruq» (Ishroq namozi) deyiladi. “Shuruq” degani esa quyosh chiqishini bildiradi. Shuruq choshgoh namozining eng avvalgi vaqtidagi namozdir. 

Zuho (choshgoh) namozi 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim choshgoh namozini bardavom o‘qisa, uning gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, dedilar”.

Imom Termiziy rivoyat qilgan.

Bu namozning vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilganda kirib (ya’ni quyosh chiqqandan taqriban yarim soat keyin), zavolga bir soat qolguncha davom etadi. Bu “dahvatul kubro”, ya’ni katta tong, deyiladi. Zuho namozi ikki rakatdan sakkiz rakatgacha o‘qiladi, eng afzali to‘rt rakatdan o‘qishdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘proq to‘rt rakatdan o‘qiganlar. Uning eng afzal vaqti nahorning to‘rtdan biri o‘tgandan keyindir.

“Mo‘minning me’roji” kitobidan 

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi

23.12.2025   16616   1 min.
Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi

Bugun Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi boshchiligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining yangi nashrdan chiqqan “Inson qadri” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari, faol imom-xatiblar hamda otinoyilar ishtirok etdi. Taqdimot Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, kitobning mazmun-mohiyati, inson qadrini ulug‘lash, ma’naviy tarbiya va jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida “Inson qadri” kitobi viloyat hududidagi 288 ta masjidga tarqatildi hamda uni diniy-ma’rifiy ishlar jarayonida keng foydalanish tavsiya etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

 Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati

Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi Muftiy hazratning “Inson qadri” kitobi taqdim etildi
O'zbekiston yangiliklari