Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446

Sabr – ulug‘lik belgisi

14.03.2018   4556   2 min.
Sabr – ulug‘lik belgisi

Sabr – insonga dunyo va din ishlarida to‘g‘ri yo‘l tutishda yordam beradigan fazilat. Inson  zoti yaralibdiki, o‘zining barcha maqsadlarini sabr asosida ro‘yobga chiqaradi. Agar u sabrsizlik bilan ish tutsa xech qachon maqsadga erisha olmaydi. Har qanday ishda ham shoshqaloqlik zarar keltiradi. Saxl Ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. “Nabiy sollallohu alayhi vassallam: “Shoshilmaslik Allohdandir, shoshqaloqlik shaytondardir”, dedilar (Termiziy va Bayxakiy rivoyat qilgan).

Shuning uchun ham mo‘min-musulmon banda hech bir ishda shoshilmasligi lozim.

Sabr – ulug‘lik va kamolot belgisidir. Alloh taolo o‘z ismlaridan birini “As-sobur” deb atagani xam bejiz emas. Alloh taolo gunoh qilgan bandasini darhol jazolamaydi, unga berilajak azobni orqaga suradi. A’rof surasida bunday marhamat qilinadi: “Albatta Rabbingiz osmonlaru yerni olti kunda yaratgan”  (54-oyat).

Alloh taolo istasa olamni bir zumda yaratar edi. Ammo bandalarga ibrat bo‘lishi uchun uni olti kunda yaratgan. Shuningdek, Alloh taolo Quroni karimni  ham bir yo‘la nozil qilsa bo‘lar edi. Ammo bandalarga oson bo‘lishi uchun yigirma uch yilda nozil etdi. Shariat ahkomlarini ham o‘sha muddatda joriy qildi. Ojiz bandalar bu dunyo ishlarini amalga oshirishda qanchalik mashaqqat va og‘irlik  hosil bo‘lmasin, mustahkam iroda va sabr-toqat ko‘rsatishi lozim. Imom Buxoriy rivoyat qilgan bir hadisda: “Kimki sabr qilishni xohlasa, Alloh unga sabr beradi. Hech bir kishiga sabrdan ko‘ra yaxshiroq ne’mat berilmagan.” deyiladi. Inson hayoti davomida bir imtihondan chiqib, ikkinchi imtihondan chiqib, uchinchi imtihonga to‘qnash kelaveradi va bu narsa bir-biriga ulanib ketgan sinovlardan iborat .

Bugungi kunda ko‘p gunoh va jinoyatlar kelib chiqishiga nazar tashlasak, sabrsizligimiz evaziga sodir bo‘layotganini ko‘ramiz.  Insonlarning yoshi-qari hammasi sabrni unutib qo‘ydik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Allohu taolo shuncha sohib qudrat egasi bo‘lsa ham biz bandalarga har bir narsada ibrat olishimiz uchun aqlimizni sabrga undagan. Xato kamchilliklarning bari sabrsizligimiz oqibatida sodir bo‘layapti. U hayot ufqida ketma-ket paydo bo‘luvchi bulutlardan qo‘rqmaydigan, balki bir kunmas, bir kun o‘ziga ham omad kulib boqishidan umidini uzmasligi lozim. Bunday natijani sabr bardosh, xotirjamlik va ishonch bilan kutish esa ayni hikmatdir. Shuning uchun din bandadan xar  doim sabr qilishni talab etadi.

Abduxalil ABDUNAZAROV,

Qiziriq tuman bosh imom-xatibi

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Taqvoli inson qanday bo‘ladi?

25.02.2025   4560   2 min.
Taqvoli inson qanday bo‘ladi?

Taqvo – Allohdan qo‘rqish, Unga itoat qilish va gunohlardan saqlanish ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha insonning qalbidagi ixlos, taqdirga bo‘lgan ishonch va Allohning hukmlariga sodiq qolish bilan bog‘liq.


Taqvoning asosiy ma’nolari:

1. Allohdan qo‘rqish va ehtirom qilish – inson gunohlardan uzoq bo‘lishi va Allohning amrlariga itoat qilishi.

2. Niyat va amal pokligi – faqat Allohning roziligini qidirish, riyo va dunyoviy manfaatlardan qochish.

3. Gunohlardan ehtiyot bo‘lish – nafaqat ochiq gunohlar, balki shubhali va zararli ishlardan ham uzoqlashish.

4. Sabr va shukr – sinovlarga sabr qilish, Alloh bergan ne’matlarga shukr aytish.


Qur’onda taqvo haqida:

Alloh taolo Qur’onda taqvo egalari haqida bunday marhamat qiladi: Albatta, Alloh huzurida eng hurmatli kishingiz – eng taqvodoringizdir (Hujurot surasi, 13-oyat).

Bu oyatdan ko‘rinib turibdiki, insonlarning Alloh huzuridagi maqomi boylik, nasab yoki martaba bilan emas, balki taqvo darajasi bilan belgilanadi.


Taqvoli inson qanday bo‘ladi?

Har bir ishida Allohning roziligini qidiradi.

Halolni mahkam ushlab, haromdan uzoq bo‘ladi.

Adolatli, mehribon va muruvvatli bo‘ladi.

O‘z nafsini tarbiya qiladi va qalbini pok saqlaydi.

 

Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan taqvo haqida hadis:


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

“Taqvo shu yerda”, deb qo‘llari bilan qalblariga ishora qildilar (Imom Muslim rivoyati).

Bu hadis taqvoning tashqi ko‘rinish emas, balki insonning qalbidagi ixlos va itoat bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.

Taqvo – musulmonning hayotidagi eng muhim sifatlardan biri bo‘lib, insonni Allohga yaqinlashtiradi va unga ikki dunyo saodatini olib keladi. Taqvoli inson to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi va hamisha Allohning madadini his qiladi.


Homidjon qori ISHMATBЕKOV