Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Fevral, 2025   |   28 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:01
Peshin
12:41
Asr
16:27
Shom
18:14
Xufton
19:27
Bismillah
27 Fevral, 2025, 28 Sha`bon, 1446

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini xotirlab

9.03.2018   4557   1 min.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bu nomni eshitgan musulmon yurtdoshlarimizning ko‘z o‘ngida buyuk olim gavdalanadi. Afsuski, ana shunday olimi zabardast 2015 yil 10 mart kuni dorul baqoga rihlat qildilar. Hazratimizning vafotlariga erta, 10 mart kuni 3 yil bo‘ladi. Ma’lumki, shayx hazratlari umrlarining so‘nggi yillarini odamlarimiz o‘rtasida ilmiy va diniy madaniyatni oshirishga bag‘ishlaganlar. Shayx hazratlari Makkai Mukarramadagi «Butun Dunyo Islom Robitasi»ning ta’sis majlisi, Butun dunyo tasavvuf uyushmasi, Butun dunyo Islomiy xalqlari boshqaruvining bosh kotibiyati, Butun dunyo da’vat uyushmasi, Butun dunyo Ulamolari kengashi uyushmasi, Islomobod shahridagi Butun dunyo Islom uyushmasi, Makkai Mukarramadagi Butun dunyo mufakkir ulamolari yig‘inining ijroiya qo‘mitasi, Butun dunyo masjidlar uyushmasi, Iordaniyadagi Oli Bayt mussasasiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a’zosi edilar. Shuningdek, shayx hazratlari Misr Arab Respublikasi, Libiya Jamohiriyyasi va Rossiya federatsiyalari kabi qator davlatlarning faxriy unvon va mukofotlari bilan taqdirlanganlar. Shayx hazratlari 100 dan ortiq kitoblar va internet sahifalar muallifi edilar. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Muslim.uz portali ijodkorlari shayx hazratlarini eslab va odamlarga eslatish maqsadida videolavha tayyorladi.


O‘MI Matbuot xizmati

Videolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Onkologik kasalliklarda ro‘za tutish

27.02.2025   96   1 min.
Onkologik kasalliklarda ro‘za tutish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Avvalambor, saraton kasalligi bosqichini va da’volash ketma-ketligini bilib olish kerak. Saraton kasalligining birlamchi davo muolajasini olayotgan yoki operatsiya o‘tkazilganidan keyin hali ikki oy to‘lmagan bo‘lsa yoki kimyo va nur terapiyalari olinib, oradan ikki oy o‘tmagan bo‘lsa ro‘za tutish tavsiya qilinmaydi.

Qachon ro‘za tutish mumkin?

Har qanday saratonga qarshi olingan muolajalardan keyin, ikki oydan oshgan bo‘lsa ya’ni biz bu kasallikni yakuniga yetgan, remissiya (uyqu holatiga o‘tgan kasallik) holati deb baholanadi. Shunday holatlarda ro‘za tutish mumkin. 

Kichik eslatma

Aynan oshqozon-ichak trakti saratoni bilan kasallangan bemorlarda operatsiyalar, misol uchun: oshqozon, oshqozon osti bezi olib tashlangan holatlar, o‘t yo‘llari, jigar saratoni bilan og‘rigan bemorlarda remissiya holatida ham ro‘za tutish, kasallikni uyg‘otishga yoki organizmni keyingi kutiladigan davo muolajalarini olishga tayyorgarlik qismini to‘xtatib qo‘yishiga olib keladi. Bu bilan bizning davolash natijalarimiz normal holatdan ko‘ra pasayib ketishi mumkin.

Unutmang

Har qanday qarorga kelishdan avval shifokor bilan maslahatlashing!

Maqsud Mallayev,
Onkolog shifokor.

Ramazon