O‘zbekiston Qur’on musobaqasi. Tan olaylik, mamlakat miqyosida shunday musobaqa o‘tkazilishini orzu qilmaganmidik. Lekin uning davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlanishini va Vatanimiz bo‘ylab bayram tantanasiga aylanib ketishini tasavvurimizga sig‘dira olmas edik, to‘g‘rimi?
Yurtimiz bo‘ylab kezayotgan bu shukuhni, bu fayzu tarovatni, Boshimiz uzra yog‘ilayotgan bu barakotlarni na til bilan, na qalam bilan ta’riflay oladi odam.
O‘qilayetgan kalomlar, murattab qorilarimizu bo‘lajak qoriyu qoriyalarimizning ovozlaridan qalblarimiz goh entikib, goh to‘liqib turishini birovga so‘zlab beraylik desak, unga monand so‘z topa olmaymiz... Qorilaru qoriyalarning har bir chiqishlarini, qalblarimiz shu qadar entikib kutadiki, haqiqatan, biz Allohning Kalomini tinglashga muhtoj ekanmiz. Buni muhtaram prezidentimiz boshlagan ushbu xayirli ishidan so‘ng yanada teranroq angladik. Angladig-u bu sog‘inch, bu ishtiyoq bardavom bo‘lishini istaymiz.
Biz-ku Qur’onni tinglash baxtidan masrurmiz. O‘zga yurtlarda yurgan musofir yurtdoshlarimizning quvonchu sog‘inchini aytmaysizmi. O‘tayotgan farahbaxsh tadbirning bir lahzasidan benasib qolmaslikka, bugun qaysi qoriyu qoriyaning tilovati go‘zal bo‘larkan, deya Internetni kuzatayotganlari, eh qaniydi hozir Vatanimda bo‘lsam birinchi qatorda o‘tirmasmidim, deya oh urayotganining ham guvohi bo‘lib turibmiz. Yana birilari qaniydi yoshimiz to‘g‘ri kelsa-da, biz ham qatnashsak, deya afsuslanmoqda. Qur’onga muhabbat, Kalomga sog‘inch – shu-da. Inshoalloh har yili ana shunday shukuh, tarovat, sog‘inch yurtimiz bo‘ylab kezib yursin, davlatimiz rahbarini, muftiy hazratlarini, olimu ulamolarimizni, ushbu xayrli ishga bosh qo‘shgan jamiki insonlarni Alloh taolo o‘z panohida asrasin deb har doim duoga qo‘l ochamiz.
Yana bir ojieona fikrimiz ham bor: musobaqaning Respublika bosqichiga dunyo miqyosida e’tirof etilgan xorijlik mashhur bir nafar qori va bir nafar qoriya ham taklif qilinsa qanday bo‘lar ekan.
Qizmanoy HAYITOVA
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi ish yoki ta’lim olish maqsadida chet elda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun o‘z xizmatlarini qulay shaklda taqdim etadi.
Endilikda xorijdagi vatandoshlarimiz Telegram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroq qilib, diniy masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Fatvo markazi ulamolaridan javob olishlari mumkin.
Bunda:
- ortiqcha mobil trafik sarflanmaydi;
- qimmat xalqaro qo‘ng‘iroqlardan xalos bo‘linadi;
- ishonchli va tezkor javoblar olinadi.
Bog‘lanish uchun:
@fatvo_call_1 (Telegram orqali)
@fatvo_call_2 (Telegram orqali)
+998917806633 (WhatsApp orqali)
Ish vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha (Toshent vaqti bilan)
Ta’kidlab o‘tamiz, mazkur xizmat faqat xorijdagi hamyurtlarimizga mo‘ljallangan. Haqqa rioya qilish esa dinimiz ko‘rsatmasidir.
Yurtimizdagi mo‘min-musulmonlar esa Koll-markazning
+998781503344 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
Fatvo markazi ishonchli va yaqin yordamchi!
Video shakli:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#xushabar #fatvo #savol #javob #xorij
MUSLIM.UZ (http://muslim.uz/) GA OBUNA BO'LING (https://t.me/+PSOPDevNs2Va-wt7) VA ULASHING (https://telegram.me/share/url?url=https://t.me/muslimuzportal)
YouTube (https://www.youtube.com/@Muslimuzz/featured) | Instagram (https://www.instagram.com/muslimuzportali/) | Facebook (https://www.facebook.com/muslimuzportal)