Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Mart, 2025   |   18 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:12
Quyosh
06:30
Peshin
12:36
Asr
16:45
Shom
18:36
Xufton
19:49
Bismillah
18 Mart, 2025, 18 Ramazon, 1446

Muslim.uz muxbirlari Saudiya Arabistonidan xabar qiladi

20.02.2018   5280   1 min.
Muslim.uz muxbirlari Saudiya Arabistonidan xabar qiladi

“Muslim.uz” vakillari tomonidan Umra ziyorati davomida namoyish etilgan onlayn videolavhalarini ko‘rish imkoniyatingiz mavjud. Buning uchun quyidagi havolalar orqali o‘ting. 

Xarami sharifda hojilarimizning ibodatlarini onlayn kuzating. 

1-videolavha:

2- videolavha:

3- videolavha:

4- videolavha:

Bizni kuzatishda davom eting! Umra ziyoratidan onlayn efirlarimizni kuzatib boring.

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sahobalar tarovehni nechi rakat o‘qishardi?

17.03.2025   2048   2 min.
Sahobalar tarovehni nechi rakat o‘qishardi?

Ramazon oyida xufton namozidan so‘ng ado qilinadigan taroveh namozi sunnati muakkadadir. Erkaklar masjidda jamoat bilan o‘qisa, ayollar uyida ado qiladi. Ba’zi fuqaholar: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisda aytgan Ramazondagi tungi ibodatdan maqsad taroveh namozidir», deyishgan.

Taroveh namozi yigirma rakatdir. Ushbu yigirma rakatni o‘nta salom va beshta tarviha (dam olish)da ado qilinadi. Har ikki salomdan so‘ng dam olinadi.

To‘rt mazhab ulamolari tarovehning yigirma rakat ekanligiga bu hadislarni dalil qilishgan: Soib ibn Yazid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Umar roziyallohu anhuning davrlarida Ramazon oyida sahobalar tarovehni yigirma rakat o‘qishardi» (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Abdulaziz ibn Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Madinada Ubay ibn Ka’b Ramazon oyida odamlarga yigirma rakat (taroveh) namozini o‘qib berardi va vitrni uch rakat o‘qirdi».

Ibn Qudoma rahmatullohi alayh «Mug‘niy» nomli kitoblarida taroveh namozini yigirma rakatligiga ijmo qilinganini keltiradi va Imom Molikning «Taroveh o‘ttiz olti rakatdir», degan so‘zlariga raddiya sifatida bunday yozadi: «Ramazon oyida qoim bo‘lib o‘qiladigan taroveh namozi yigirma rakatdir. Ushbu namozni birinchi o‘qigan odam Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdirlar. Ushbu namozni Umar roziyallohu anhu joriy qilgan, deyilishining sababi esa, u kishi Ubay ibn Ka’bni imom qilib, bu namozni jamoat bo‘lib o‘qishni joriy qilgan birinchi shaxs hisoblanadilar.

Ali roziyallohu anhu xalifalik davrlarida Ramazon oyida masjidlar oldidan o‘tib ketayotganlarida ularning shamchiroqlar ila yoritilganini ko‘rib: «Bizning masjidlarimizni yoritgan Umarning qabrini Alloh yoritsin», deb duo qilganlar. (Ya’ni Umar (roziyallohu anhu)ning qilgan ishlarini ma’qullaganlar.)»1

Misr, Mag‘rib, Liviya, Quvayt, Qatar, Suriya, Pokiston, Hindiston kabi o‘lkalardagi deyarli barcha masjidlarda taroveh namozini yigirma rakat o‘qishadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan ma’lumotlardan yer yuzidagi barcha musulmonlar tarovehni yigirma rakat o‘qishlari ayon bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak hadislarida: «Mening ummatim zalolatda jamlanmaydi», deganlar. Demak, tarovehni yigirma rakat o‘qish sunnat hisoblanadi.

Odilxon qori YUNUSXON o‘g‘li

1 Ibn Qudoma. “Mug‘niy fi fiqhil Hanbaliy”. 2-juz. 167-bet.