Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446

Turkiyada Qur’oni karim ma’nolari o‘zbek tiliga tarjima qilindi

20.02.2018   3916   1 min.
Turkiyada Qur’oni karim ma’nolari o‘zbek tiliga tarjima qilindi

Turkiyaning Din ishlari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan muqaddas Qur’on to‘rt xorijiy tilga tarjima qilingani xabar qilindi. 

“Dailysabah.com” nashri bergan xabarga ko‘ra, bular o‘zbek, bulg‘or, Afrikaning cheva va shona tillari ekani aytilgan. 

Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad Turkiyaga tashrif buyuruvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish ekani aytilgan. Bundan tashqari cheva va shona tillaridagi tarjimalar Afrikadagi Zimbabve va Malavi davlatlariga yuborilishi ham ko‘zda tutilgani qayd etib o‘tilgan.. 

Turkiya din ishlari boshqarmasi tomonidan Qur’oni karim nemis, fransuz, rus va fors tillariga tarjima qilinishi ko‘zda tutilgan. Fors tilidagi tarjima 2018 yilda yakunlanishi aytilmoqda..

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Alloh taoloni seving!

26.02.2025   3783   2 min.
Alloh taoloni seving!

Allohni seving! Zero, biz Allohga muhabbat qilishga buyurilganmiz. Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo sizlarni O‘z ne’matlari ila yeb-ichirib turgani uchun ham U Zotga muhabbat qiling­lar”, deganlar. Bu borada Alloh taolodan ko‘ra muhabbatga haqliroq yana kim bor?! Axir U Zot butun borliqning Yaratuvchisi, uni yo‘qdan bor qilguvchi Zot-ku! Ey inson, U Zot seni yaratib, surat ato etib, go‘zal husn berdi. Sendagi kattayu kichik ne’matlarning barini ato qilgan Zot – Alloh taolodir.

Mustafo Siboiy bunday degan edi:

“Kim Allohni sevsa, boshqasini sevishdan lazzat totmaydi.

Kim qalbini nur bilan yoritsa, uning qalbida zulmatga joy qolmagay.

Kimning ruhi taqvo ila yuksakka ko‘tarilsa, yuksaklikdan boshqasiga rozi bo‘lmagay.

Kim oliymaqom ishlarni yaxshi ko‘rsa, faqat jannatdangina qarorgoh topgay.

Kim buyuklarga muhabbatli bo‘lsa, uni faqatgina Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lish qanoatlantiradi.

Kim hayotning sir-asrorlarini anglasa, Allohdan bosh­qaga bo‘lgan muhabbatni munosib, arzirli muhabbat deb hisoblamaydi”.

Alloh taolodan boshqaga bo‘lgan muhabbatingizni Allohga bo‘lgan muhabbatingizdan ustun qo‘ymang! Alloh taolo boshqaning muhabbatini Uning muhabbatidan ustun qo‘yganlarga qarata bunday deydi: «Ayting (ey Muhammad!): “Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz va kasb qilib topgan mol-dunyolaringiz, kasod bo‘lishdan qo‘rqqan tijoratlaringiz hamda yaxshi ko‘rgan maskanlaringiz sizlarga Allohdan, Uning Rasuli va Uning yo‘lida jiddu jahd qilishdan suyukliroq bo‘lsa, u holda to Alloh O‘z amrini (ya’ni, azobini) keltirguncha kutib turing. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmas”»[1].


Hasson Shamsiy Poshoning “Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Tavba surasi, 24-oyat.