Moskva shahar muftiysi Albir Krganov Rossiyadagi madrasalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi, hududlarda imomlar va madrasalar yetishmasligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Moskva muftiysi Bolgar akademiyasi bitiruvchilarining o‘zi bilan mamlakatdagi vaziyatni o‘nglab bo‘lmasligini, Oliy o‘quv yurtlariga bo‘ysunmaydigan 36 ta madrasa borligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks-religiya” nashri xabar berdi.
Bundan tashqari, muftiy qishloqlarda faoliyat yurtitayotgan imomlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini talab qilib chiqqan.
O‘MI Matbuot xizmati
اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد
O‘qilishi: Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd.
Ma’nosi: Alloh buyuk, Alloh buyuk. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘q. Alloh buyuk, Alloh buyuk va hamd Alloh taolo uchundir.
Takbiri tashriq 5 iyun bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni, ya’ni 9 iyun asr namoziga qadar aytiladi:
• 5 iyun – 5 mahal,
• 6 iyun – 5 mahal,
• 7 iyun – 5 mahal,
• 8 iyun – 5 mahal,
• 9 iyun – 3 mahal.
Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.
Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.
Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.
Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.
Davron NURMUHAMMAD