Sayt test holatida ishlamoqda!
31 May, 2025   |   4 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:53
Peshin
12:26
Asr
17:33
Shom
19:52
Xufton
21:27
Bismillah
31 May, 2025, 4 Zulhijja, 1446

Prezidentimiz muqaddas qadamjoni ziyorat qildilar

29.01.2018   3225   1 min.
Prezidentimiz muqaddas qadamjoni ziyorat qildilar

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida ma’lumot bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi. Bu yerda amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu qadamjoga tashrif doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamrohlik qilgan.

O‘tganlar xotirasiga Qur’on tilovat etildi. Ulamolar bilan muloqotda xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida so‘z yuritildi.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu yilgi takbir tashriq aytish kunlari qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

30.05.2025   7857   1 min.
Bu yilgi takbir tashriq aytish kunlari qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد


O‘qilishi: Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd.

Ma’nosi: Alloh buyuk, Alloh buyuk. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘q. Alloh buyuk, Alloh buyuk va hamd Alloh taolo uchundir.

Takbiri tashriq 5 iyun bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni, ya’ni 9 iyun asr namoziga qadar aytiladi:


5 iyun – 5 mahal,

6 iyun – 5 mahal,

7 iyun – 5 mahal,

8 iyun – 5 mahal,

9 iyun – 3 mahal.


Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.

Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.

Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.

Davron NURMUHAMMAD