Sayt test holatida ishlamoqda!
31 May, 2025   |   4 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:53
Peshin
12:26
Asr
17:33
Shom
19:52
Xufton
21:27
Bismillah
31 May, 2025, 4 Zulhijja, 1446

Xalqimizning ardoqli farzandini xotirlab

29.01.2018   3600   2 min.
Xalqimizning ardoqli farzandini xotirlab

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi edi. Sho‘rolar davrining tazyiqlaridan xalqni qutqarib, necha yillar davom etgan qaramlikdan ozod qilgan, jar yoqasiga kelib qolgan buyuk yurtni qayta tikladi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni e’lon qilindi. Har tomonlama islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustabidlik davrida unutilgan ajdodlar nomi tiklandi, xurlikka orzumand xalq diniy erkinlikka erishdi. Millionlab yurtdoshlarimiz o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etadigan bo‘ldilar. Tahlikali vaziyat va qiyinchiliklarga qaramasdan qisqa vaqt mobaynida yurtimiz o‘zligiga erishishiga, qadriyatlari tiklanishiga zamin yaratildi.

Shuningdek, Islom Karimov ajoyib insoniy fazilatlarga ega bo‘lganlarini ta’kidlaydilar. Donolardan biri, olim Abu Nasr Forobiy: “Insoniy xislatlar to‘rt qismga bo‘linadi: nazariy fazilatlar, tafakkur fazilatlari, yaralma (hayot jarayonida vujudga keluvchi) fazilatlar va amaliy san’at (kasb) fazilatlari”, degan ekan. Ana shu jihatlar muhtaram Birinchi Prezidentimizda mujassam edi, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Binobarin, mustaqillik yillarining ilk davridanoq xalq manfaati, insonlarning qadr-qimmatini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, keksalarni e’zozlash, ona-bola salomatligiga e’tiborli bo‘lish, ayollarga ehtiromda bo‘lish kabi insoniy qadriyatlar qaror topishiga sababchi bo‘ldilar.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarori xalqimizning o‘zining buyuk farzandiga cheksiz hurmat va sadoqatining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Qarorga asosan, Birinchi Prezidentimiz nomini abadiylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi, jumladan, 2017 yil 31 avgust kuni Birinchi Prezidentimiz ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov haykali ochildi. Toshkent shahar, Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan jome masjidi “Islom ota” jome masjidi deb ataldi. Bu kabi savobli ishlarni yana ko‘plab sanashimiz mumkin, bularning barchasi Birinchi Prezidentimizga ko‘rsatilgan hurmat-ehtiromning go‘zal ko‘rinishidir.

Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan, xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish borasida ulkan chora tadbirlarga qo‘l urildi, ayni paytda ham bu xayrli ishlar davom etmoqda.

Abdulvose G‘ANIYEV

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudir muovini

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu yilgi takbir tashriq aytish kunlari qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

30.05.2025   8006   1 min.
Bu yilgi takbir tashriq aytish kunlari qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد


O‘qilishi: Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd.

Ma’nosi: Alloh buyuk, Alloh buyuk. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘q. Alloh buyuk, Alloh buyuk va hamd Alloh taolo uchundir.

Takbiri tashriq 5 iyun bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni, ya’ni 9 iyun asr namoziga qadar aytiladi:


5 iyun – 5 mahal,

6 iyun – 5 mahal,

7 iyun – 5 mahal,

8 iyun – 5 mahal,

9 iyun – 3 mahal.


Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.

Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.

Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.

Davron NURMUHAMMAD