Sayt test holatida ishlamoqda!
31 May, 2025   |   4 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:53
Peshin
12:26
Asr
17:33
Shom
19:52
Xufton
21:27
Bismillah
31 May, 2025, 4 Zulhijja, 1446

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari (30-qism): Kasal bo‘lganda

29.01.2018   4626   1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari (30-qism): Kasal bo‘lganda

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida: “Bismillahil Kariym, a’uzu billahil aziym, min sharri kulli hirqin nahhar vamin sharri harrin nar”, deb aytishni o‘rgatganlar.

(Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug‘ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning va do‘zax o‘tining yomonidan panoh tilayman) Ibn Sunniy rivoyati.

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu yilgi takbir tashriq aytish kunlari qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

30.05.2025   7725   1 min.
Bu yilgi takbir tashriq aytish kunlari qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

اللهُ أكبر اللهُ أكبر لا إلهَ إلَّا الله واللهُ أكبر اللهُ أكبر ولله الحَمْد


O‘qilishi: Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillahil hamd.

Ma’nosi: Alloh buyuk, Alloh buyuk. Alloh taolodan o‘zga iloh yo‘q. Alloh buyuk, Alloh buyuk va hamd Alloh taolo uchundir.

Takbiri tashriq 5 iyun bomdod namozidan boshlab hayitning to‘rtinchi kuni, ya’ni 9 iyun asr namoziga qadar aytiladi:


5 iyun – 5 mahal,

6 iyun – 5 mahal,

7 iyun – 5 mahal,

8 iyun – 5 mahal,

9 iyun – 3 mahal.


Jami 23 mahal namozda takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi.

Ushbu takbir xoh jamoat bilan, xoh yolg‘iz o‘qilgan har bir farz namozdan keyin aytiladi.

Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qo‘shilgan kishi ham namozini to‘liq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.

Davron NURMUHAMMAD