Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Mart, 2025   |   11 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:42
Peshin
12:38
Asr
16:39
Shom
18:28
Xufton
19:41
Bismillah
11 Mart, 2025, 11 Ramazon, 1446

Surxonning qorilarini saralash yakunlandi

28.01.2018   4273   1 min.
Surxonning qorilarini saralash yakunlandi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tashkil etilgan Qur’on musobaqasining erkaklar o‘rtasida o‘tgan saralash bosqichi natijalari bilan tanishing.

Hifz yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Ochildiyev Mahmudjon
2. Samadov Najmiddin
3. Ziyatov Barakatulloh

26-40 yosh
1. Abdurashidov Abdulaxat
2. Hamidov Sadriddin
3. Qodirov Abduvahob

Tilovat yo‘nalishi

18-25 yosh

1. Sadoatov Shahobiddin
2. Usmonov Muhammadkarim
3. Jo‘rayev Jamol
3. Toshboltayev Habibulloh

26-40 yosh

1. Rahmonov Axror
2. Baymirov Muslim
2. Salohiddinov Isoqali
3. Samatov Sajriddin
3. Zayniyev Hafizulloh 

Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari berildi.

Bizni muslim.uz portali va ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.

O‘MI Matbuot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Nimalar bilan iftorlik qilish sunnat?

5.03.2025   2568   2 min.
Nimalar bilan iftorlik qilish sunnat?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Savol: Iftorlikning sunnat bo‘lgan duolari qaysi?

Javob: Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftorlik qilish vaqtida «Allohumma, laka sumnaa va ’alaa rizqika aftornaa, fataqobbal minnaa, innaka antas Samiy’ul Aliym» (Allohim, Sen uchun ro‘za tutdik, bergan rizqingdan iftorlik qildik, bizlardan qabul ayla. Albatta, Sen Eshituvchi va Biluvchi Zotsan), der edilar» (Doraqutniy rivoyat qilgan).

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftorlik vaqtida «Zahabaz-zomau, vabtallatil uruuqu va sabatal ajru, inshaalloh» (Chanqoq ketdi, tomirlar namlandi, inshaalloh, savob hosil bo‘ldi), der edilar.

Bayhaqiy rivoyat qilgan.

 

Savol: Nimalar bilan iftorlik qilish sunnat?

Javob: Pishgan xurmo, xurmoning qoqisi yoki hech bo‘lmasa od-diy suv bilan iftorlik qilish sunnatdir. Xurmo bo‘laturib boshqa narsalar bilan og‘iz ochish sunnatga xilofdir.

Salmon ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz og‘iz ochsa, xurmo bilan ochsin. Agar topa olmasa, suv bilan, chunki u poklovchidir», dedilar.

Tabaroniy rivoyat qilgan.


Savol: Masjidda iftorlik qilsa bo‘ladimi?

Javob: Masjid ibodat va zikr qilinadigan joydir. Umumiy holatda masjidda yeb-ichish, uxlash makruhdir. Ramazon oylarida shom namozini masjidda jamoat bilan o‘qiyman, deb kelganlar masjid ichida iftorlikni qilishsa bo‘ladi. Lekin ikki narsaning rioyasi qilinsa, yaxshi bo‘ladi:

a) kirishdan avval imom Muhammad rahmatullohi alayhning «Masjidga bir oz muddat e’tikof niyatida kirish ham e’tikof o‘rniga o‘tadi», degan so‘zlariga binoan «Masjiddan chiqqunimcha nafl e’tikofni niyat qildim», deb niyat qilishi, zero e’tikofdagi kishi uchun masjidda yeb-ichishga barcha ulamolar ijozat berishgan (Masjid ichida yeb-ichmoqchi bo‘lganlar avval nafl e’tikofni niyat qilsalar, ibodat joyida makruh ish qilishdan saqlangan bo‘ladilar. Qolaversa, nafl e’tikofning savobiga ega bo‘ladilar);

b) masjidni pokiza saqlash.

Shuningdek, alloma Zafar Ahmad Usmoniy rahmatullohi alayh Mulla Aliyul Qoriyning «Mirqotul mafotih» kitobidagi «Masjidda yeb-ichish makruh, lekin iftorlik bundan mustasnodir», degan so‘zlarini masjidda iftorlik qilish mumkinligiga dalil qilib keltirgan.

«Mo‘minning qalqoni» kitobidan

Ramazon