Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Oktabr, 2025   |   20 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:13
Quyosh
06:31
Peshin
12:14
Asr
16:03
Shom
17:51
Xufton
19:03
Bismillah
12 Oktabr, 2025, 20 Rabi`us soni, 1447

Sahobalar nomi  bilan atalgan joylar

04.01.2018   6176   4 min.
Sahobalar nomi  bilan atalgan joylar

Sa’d ibn abu Vaqqos

Jizzax viloyatining  G‘allaorol tumanidagi Avliyo, Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Uyrot, Nurota tumanidagi Sintob, Qiziltepa tumanidagi Zarmetan qishloqlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida ham Sa’d ibn Molik ibn Abu Vaqqosga nisbat berilgan maqbaralar bor. Zarmetandagisi «Sa’di Vaqqos», Sintob va Uyrotdagilari «Sabr» va «Xoja Sabr» deb ataladi.

Sanalgan ziyoratgohlar mahalliy aholi o‘rtasida mashhur. Eng obodi va so‘limi G‘allaorolda.

Sa’d ibn Molik otasining kunyasi Abu Vaqqos nomi bilan tanilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va allam u kishining tog‘asidir.

Bu zot jannat bashorati berilgan o‘n sahobiydan biri va eng keyin vafot etgani.  Ilk muhojirlardanligi, arablardan birinchi bo‘lib Alloh yo‘lida kurashga kirgani, Badr, Uhud maydonlaridagi g‘ayrati, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qo‘riqchilik qilgani, duosi qabul zot deb sharaflangani, Kufa va Basra shaharlarining qurilishi asoschisi ekani Islom olamidagi nufuzidan yorqin dalolatlardir. Asl qabri Madina shahridagi Jannatul Baqi’ qabristonida.

 

ABU UBAYDA IBN JARROH

Navoiy viloyatining Nurota shahri va Xatirchi tumanidan o‘tuvchi Shovot anhori sohilida va Qarshi shahrida Xoja Jarroh boboga nisbat beriluvchi qabrlar bor. Xalq orasida u kishi haqidagi turli hikoyalar mashhur.

Ayrim og‘zaki bayonlarda «Ubayd», «Ubaydullo» sifatida talqin etiladi. «Jarroh» sifatini tibbiy jarroh deb tushunish xatodir.

Abu Ubayda ibn Jarroh sahobiylardan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uni «amin»  (o‘ta ishonchli) deb ulug‘laganlar.

To‘liq ismi sharifi Omir ibn Abdulloh ibn Jarroh. Bu zotga ham jannat bashorati berilgan.

Omir ibn Abdulloh o‘n yettinchi hijriy sananing oxiri Shomda voliy bo‘ladi. Ittifoqo, bu yerda og‘ir vabo tarqaladi. Xalifa Umar roziyallohu anhu bu holdan xabardor bo‘lib, maktub yo‘llab O‘rdunda turgan voliyni xavfsiz joyga chaqirtiradi, ammo u kishi xalqni tashlab ketib, o‘zini qutqarmaydi. Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallamning vabo haqidagi hadislariga binoan o‘sha joyda qolib, vafot etadi. Qabri O‘rdunda. Movarounnahrga safarlari haqida ma’lumot yo‘q. Xatirchi, Qarshi va Nurotadagi qabrlar ramziydir.

 

ABU SAID XUDRIY

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi Xo‘jaqul Eshon qishlog‘ida Xudriy roziyallohu anhuga nisbat beriladigan ziyoratgoh bor. Qabr va qadimiy hujraning o‘rni saqlangan. Mozor ustiga tug‘ ko‘tarilgan. Valiy zot sifatida ehtirom etiladi. Mahalliy xalq «Ko‘pin ota» deb ham ataydi. Aslida Kufiy bo‘lsa kerak.

1967 yili shu qishloqlik mullo Mo‘min boboning tashabbusi bilan Toshkentdan, diniy idoradan borgan Ismoil maxdum domla toshdagi yozuvlarni o‘qib, Muhammad Xudriyga mansub ekanini va hadis olimi bo‘lganini aniqlaydi.

Haqiqatda, Xudriy mashhur roviy bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan 1170 ta hadis rivoyat qilgan. Lekin manbalarda «Abu Said» deb yozilgan va «Muhammad» deb e’tirof etilmagan.

Aniqlik kirituvchi manba topilmagani sababidan Muhammad Xudriy va Abu Said Xudriy bir shaxs bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi.

 

HAZRAT UKKOSHA

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi Bahrin qishlog‘ida hazrat Ukkoshaga nisbat beriladigan maqbara bor. U «Esovoy» deb ataluvchi tepalik ustida.

Uzoq yillar davomida azizlanib, ziyorat etilib kelinayotgan bu joy mustaqillik yillarida obod etildi. Mahalliy xalq hashar yo‘li bilan xayrli ishlarni amalga oshirdi.

Toshkent shahrining hozirgi JAR sport majmuasi o‘rnida ham bu zotga nisbat berilgan buloq va ziyoratgoh bo‘lgan.

Hazrat Ukkoshaning to‘liq ismi sharifi Abu Homid G‘azzoliyning «Mukoshafatul qulub» asarining ikkinchi jildidagi izohlar bo‘limida «Ukkosha ibn Mihson Asadiy» deb ko‘rsatilgan.

Hazrat Ukkosha roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam e’tiborida va iltifotida ekani bir nechta hadisda ta’kidlangan. Ba’zi manbalarda Badr muhorabasida qatnashgani aytiladi.

 

Suyundik MUSTAFOYEV tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

“Jumadan jumagacha” (10.10.2025)

11.10.2025   1954   1 min.
“Jumadan jumagacha” (10.10.2025)

00:00 Anons

00:57 Buxoroda xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
02:05 Andijon viloyatida imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
03:26 Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar
04:37 Muhabbat shahri qalblarni zabt etdi
05:47 Imom Termiziy islom instituti o‘qituvchisi taqdirlandi
06:17 “Markaziy Osiyoda islom: tarix va zamonaviy voqelik” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
07:02 Masjidlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlanmoqda
08:08 Bog‘ot tumanidagi “Qarri Xo‘ja bobo” masjidi qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi
08:45 “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari”
09:16 Diniy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligi ta’minlanmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

VIDEO