Sa’d ibn abu Vaqqos
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Avliyo, Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Uyrot, Nurota tumanidagi Sintob, Qiziltepa tumanidagi Zarmetan qishloqlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida ham Sa’d ibn Molik ibn Abu Vaqqosga nisbat berilgan maqbaralar bor. Zarmetandagisi «Sa’di Vaqqos», Sintob va Uyrotdagilari «Sabr» va «Xoja Sabr» deb ataladi.
Sanalgan ziyoratgohlar mahalliy aholi o‘rtasida mashhur. Eng obodi va so‘limi G‘allaorolda.
Sa’d ibn Molik otasining kunyasi Abu Vaqqos nomi bilan tanilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va allam u kishining tog‘asidir.
Bu zot jannat bashorati berilgan o‘n sahobiydan biri va eng keyin vafot etgani. Ilk muhojirlardanligi, arablardan birinchi bo‘lib Alloh yo‘lida kurashga kirgani, Badr, Uhud maydonlaridagi g‘ayrati, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qo‘riqchilik qilgani, duosi qabul zot deb sharaflangani, Kufa va Basra shaharlarining qurilishi asoschisi ekani Islom olamidagi nufuzidan yorqin dalolatlardir. Asl qabri Madina shahridagi Jannatul Baqi’ qabristonida.
ABU UBAYDA IBN JARROH
Navoiy viloyatining Nurota shahri va Xatirchi tumanidan o‘tuvchi Shovot anhori sohilida va Qarshi shahrida Xoja Jarroh boboga nisbat beriluvchi qabrlar bor. Xalq orasida u kishi haqidagi turli hikoyalar mashhur.
Ayrim og‘zaki bayonlarda «Ubayd», «Ubaydullo» sifatida talqin etiladi. «Jarroh» sifatini tibbiy jarroh deb tushunish xatodir.
Abu Ubayda ibn Jarroh sahobiylardan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uni «amin» (o‘ta ishonchli) deb ulug‘laganlar.
To‘liq ismi sharifi Omir ibn Abdulloh ibn Jarroh. Bu zotga ham jannat bashorati berilgan.
Omir ibn Abdulloh o‘n yettinchi hijriy sananing oxiri Shomda voliy bo‘ladi. Ittifoqo, bu yerda og‘ir vabo tarqaladi. Xalifa Umar roziyallohu anhu bu holdan xabardor bo‘lib, maktub yo‘llab O‘rdunda turgan voliyni xavfsiz joyga chaqirtiradi, ammo u kishi xalqni tashlab ketib, o‘zini qutqarmaydi. Payg‘ambarimizning sollallohu alayhi vasallamning vabo haqidagi hadislariga binoan o‘sha joyda qolib, vafot etadi. Qabri O‘rdunda. Movarounnahrga safarlari haqida ma’lumot yo‘q. Xatirchi, Qarshi va Nurotadagi qabrlar ramziydir.
ABU SAID XUDRIY
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi Xo‘jaqul Eshon qishlog‘ida Xudriy roziyallohu anhuga nisbat beriladigan ziyoratgoh bor. Qabr va qadimiy hujraning o‘rni saqlangan. Mozor ustiga tug‘ ko‘tarilgan. Valiy zot sifatida ehtirom etiladi. Mahalliy xalq «Ko‘pin ota» deb ham ataydi. Aslida Kufiy bo‘lsa kerak.
1967 yili shu qishloqlik mullo Mo‘min boboning tashabbusi bilan Toshkentdan, diniy idoradan borgan Ismoil maxdum domla toshdagi yozuvlarni o‘qib, Muhammad Xudriyga mansub ekanini va hadis olimi bo‘lganini aniqlaydi.
Haqiqatda, Xudriy mashhur roviy bo‘lib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan 1170 ta hadis rivoyat qilgan. Lekin manbalarda «Abu Said» deb yozilgan va «Muhammad» deb e’tirof etilmagan.
Aniqlik kirituvchi manba topilmagani sababidan Muhammad Xudriy va Abu Said Xudriy bir shaxs bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi.
HAZRAT UKKOSHA
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi Bahrin qishlog‘ida hazrat Ukkoshaga nisbat beriladigan maqbara bor. U «Esovoy» deb ataluvchi tepalik ustida.
Uzoq yillar davomida azizlanib, ziyorat etilib kelinayotgan bu joy mustaqillik yillarida obod etildi. Mahalliy xalq hashar yo‘li bilan xayrli ishlarni amalga oshirdi.
Toshkent shahrining hozirgi JAR sport majmuasi o‘rnida ham bu zotga nisbat berilgan buloq va ziyoratgoh bo‘lgan.
Hazrat Ukkoshaning to‘liq ismi sharifi Abu Homid G‘azzoliyning «Mukoshafatul qulub» asarining ikkinchi jildidagi izohlar bo‘limida «Ukkosha ibn Mihson Asadiy» deb ko‘rsatilgan.
Hazrat Ukkosha roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam e’tiborida va iltifotida ekani bir nechta hadisda ta’kidlangan. Ba’zi manbalarda Badr muhorabasida qatnashgani aytiladi.
Suyundik MUSTAFOYEV tayyorladi
Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov Chust tumani "Said Nasimxon to‘ra" jome masjidi imomlari tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda ishtirok etib shu tumandagi Xo‘jabod mahallisida joylashgan 4-sonli maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan ko‘rishib ularga hadyalar ulashdilar. Ushbu hayrli tadbirda Chust tumani bosh imom xatibi Bahodir domla Sharipov va Namangan viloyati Tojik madaniy markazi raisi mehnat faxriysi Abdusattor hoji G‘ofurov ham ishtirok etishdi.
Musoxon domla ustoz va murabbiylarni yaqinda o‘tgan kasb bayramlari bilan qutlar ekan, muallim bo‘lishdek sharafli kasb egalariga ehtiromi juda baland ekanini izhor etdilar.
Shuningdek, o‘quvchilarga ilm-ma’rifatning foydalari haqida so‘zlab, dinimizda ta’lim olishga kuchli targ‘ib qilingani, ilm insonni komil darajaga yetkazib, ikki dunyoda ham aziz va izzatli qiladigan katta in’omligi, shunday ekan, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilayotgan bugungi imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda zamonaviy ilmlarni ham puxta o‘zlashtirish lozimligini ta’kidladilar.
Maktab o‘quvchilar uchun 500 ga yaqin badiiy kitoblar
sinf xonasida foydalanish uchun zamonaviy telvizor
Sport anjomlari va elektr suv isitgichlar hadya qilindi
Hadyalardan maktab ma’muriyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar juda mamnun bo‘lib, minnatdorlik bildirishdi.
Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati