Shaddod ibn Avsdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim sayyidul istig‘for – “Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va va’dika mastatotu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abuu laka bini’matika alayya va abuu bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa anta”ni kechki payt aytib, tong otgunicha vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda ham jannatga kiradi, dedilar.
Jakarta shahridagi Sharif Hidoyatullah universiteti hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida nufuzli xalqaro anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjumanda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Obidjon Qodirov ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Indoneziya o‘zining diniy bag‘rikengligi, ilmiy salohiyati va madaniy xilma-xilligi misollarda ko‘rsatib o‘tildi.
Xususan, Indoneziya Din ishlari vazirligi vakili, doktor A.Salim:
"Islom ilmi birgina jumla orqali cheksiz ma’nolarni ochib bera oladi. Bu uning hayotiyligi va doimo rivojlanib borishidagi kuchidir," – deya ta’kidladi.
Shuningdek, anjumanda Indoneziya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, jumladan, Prezident Sokarnoning Imom Buxoriy maqbarasini qayta kashf etishdagi roli, Valisongo orqali islomning tarqalishi kabi mavzular keng yoritildi.