Assalomu alaykum, aziz Qur’on muxlislari! Joriy yilning 22 dekabr kuni 2018 yilning birinchi yarmida Respublikamizda 3 bosqichdagi Qur’on musobaqasi o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, 2018 yil 1‒10 yanvar kunlari musobaqa ishtirokchilarini ro‘yxatga olish sanasi deb belgilangandi. Biroq, davlatimiz tomonidan milodiy yangi sana kirib kelishi munosabati bilan yilning dastlabki 3 kuni ham dam olish kuni deb e’lon qilingani bois, qabul kunlari 2018 yil 4‒13 yanvarga ko‘chirildi. Musobaqaning shahar‑tuman bosqichi sanasi ham biroz kechga surildi. Musobaqaning birinchi bosqichi kunlari quyidagi jadvalda e’lon qilingan:
O‘zbekiston Qur’oni karim qiroati musobaqasining shahar va tuman bosqichini o‘tkazish bo‘yicha
JADVAL
№ |
Viloyat va shahar nomi |
O‘tkazish joyi |
Shahar va tuman bosqichini o‘tkazish sanasi |
1. |
Jizzax viloyati |
O‘MI Jizzax viloyati vakilligi +998973257243 Botirxon Ro‘ziyev |
15-17.01.2018 |
2. |
Sirdaryo viloyati |
O‘MI Sirdaryo viloyati vakilligi +998911019820 Dilmurod Sulaymonov |
15-17.01.2018 |
3. |
Samarqand viloyati |
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi +9983485870 Yoqubjon Mansurov |
18-21.01.2018 |
4. |
Buxoro viloyati |
O‘MI Buxoro viloyati vakilligi +998956000031 Anvarjon Nurillayev |
18-21.01.2018 |
5. |
Navoiy viloyati |
O‘MI Navoiy viloyati vakilligi +998919911555 +998939507303 Muzaffar Rahmonov |
22-23.01.2018 |
6. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilligi +998934897670 Zulfiqor Sapashov |
24-26.01.2018 |
7. |
Xorazm viloyati |
O‘MI Xorazm viloyati vakilligi +998622284438 +998937572557 Bobojonov Hamid |
24-26.01.2018 |
8. |
Qashqadaryo viloyati |
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi +998972004716 Nazrulloh hoji Bobomurodov |
27-29.01.2018 |
9. |
Surxondaryo viloyati |
O‘MI Surxondaryo viloyati vakilligi +998912382717 Abdusalom Fathullayev |
27-30.01.2018 |
10. |
Andijon viloyati |
O‘MI Andijon viloyati vakilligi +998742280196 +998916107040 Nurulloh Qodirov |
01-04.02.2018 |
11. |
Namangan viloyati |
O‘MI Namangan viloyati vakilligi +998906429977 Obidxon Ikromov |
04-06.02.2018 |
12. |
Farg‘ona viloyati |
O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi +998914532870 Husniddin Tursunozoda |
06-09.02.2018 |
13. |
Toshkent viloyati |
O‘MI Toshkent viloyati vakilligi +998903482262 Farrux Sultonov |
10-12.02.2018 |
14. |
Toshkent shahri |
Toshkent shahar vakilligi +998712351733 +998974206264 +998949320022 Murodjon Kabirov |
13-15.02.2018 |
Ushbu jadval asosida shahar va tumanlarda saralash bosqichi o‘tkazilgach, ulardan har bir yo‘nalishning birinchi raqamli g‘oliblari viloyat bosqichida qatnashadi.
Viloyatlarda musobaqaning birinchi bosqichi uchun tayinlangan shahar va tumanlar hamda musobaqa tadbirini o‘tkazish manzili 2018 yil 3 yanvargacha saytimizda e’lon qilinadi. Ushbu Qur’on musobaqasida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatlardagi vakilliklariga murojaat qilishlari tavsiya etiladi (Murojaat uchun telefon raqamlar yuqorida berilgan).
Musobaqa haqida hay’at kotibiyati bilan bog‘lanish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998711487770, +998998987277
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Hikoya qilishlaricha, Abu Yazid Bastomiy ilm talab qilish uchun Bog‘dodga bormoqchi bo‘ldilar. Onalari u kishiga qirq dinor berdilar. U pullar u zotga otalaridan meros qolgan edi. Onalari o‘g‘illariga: «Qo‘lingni qo‘lim ustiga qo‘y va menga rostgo‘ylikni lozim tutib, hech qachon yolg‘on gapirmaslikka so‘z ber!» dedilar. U kishi onalariga mazkur ishlar yuzasidan so‘z berdi. Bog‘dodga boradigan karvon bilan birga yo‘lga chiqdilar.
Yo‘lda borishar ekan, to‘satdan ro‘paralaridan yo‘lto‘sar qaroqchilar chiqib, karvondagi hamma narsani talay boshladi. Bastomiyning ustilardagi juldur kiyimni ko‘rib, u kishidan: «Senda ham biror narsa bormi?» deb so‘rashdi. U zot: «Ha, menda qirq dinor bor» deb javob berdilar. Qaroqchilar u kishining gaplarini eshitib, masxara qildilar, ahmoq deb o‘ylab, u zotni tark etdilar.
Keyin ular g‘orga, ya’ni o‘zlarining qarorgohlariga qaytdilar. U yerda ularning kattalari bor bo‘lib, karvondan talab olingan narsalarni kutib o‘tirgan edi. Ularni ko‘rgach: «Karvondagi hamma narsani oldinglarmi?» deb so‘radi. Ular: «Ha, oldik. Ammo bir yigit bundan mustasno. Biz undan nimasi borligini so‘radik. U: «Menda qirq dinor bor» dedi. Biz uning qilgan ishiga e’tibor bermay, uni tark etdik. Chunki, biz uni aqli zaif deb o‘yladik» deb javob berishdi.
Shunda boshliqlari: «Uni darhol huzurimga olib kelinglar!» deb buyurdi.
Bastomiy o‘g‘rilar boshlig‘ining oldiga kelgach, boshliq u zotdan: «Senda biror narsa bormi?» deb so‘radi. U kishi: «Ha, yonimda qirq dinor bor» deb javob berdilar. O‘g‘rilar boshlig‘i hayron bo‘lib: «Qayerda u?» dedi. Bastomiy yonlaridan pullarni chiqarib, o‘g‘rilar boshlig‘iga berdilar. Buni ko‘rgan boshliq: «Sen majnunmisan, ey yigit? Nega pullaring borligini aytib, ularni o‘z ixtiyoring bilan beryapsan?» deb so‘radi.
Shunda u zot: «Men o‘z shahrimdan chiqmoqchi bo‘lganimda, hech qachon yolg‘on gapirmaslikka onamga so‘z berganman, ahdlashganman. Shuning uchun onamga bergan ahdimni buzmayman» deb javob berdilar. Bu gaplarni eshitgan o‘g‘rilar boshlig‘i: «Laa havla va laa quvvata illa billah». Sen onangga bergan ahdingga xiyonat qilishdan qo‘rqyapsan-u, biz esa, Allohga bergan ahdimizga xiyonat qilishdan qo‘rqmaymizmi?» dedi.
Keyin qaroqchilar boshlig‘i karvondan olingan barcha mol-mulklarni qaytarib berishga amr qildi va: «Ey yigit, men sening oldingda, sen sababli tavba qilaman» dedi. Bu gapni eshitgan barcha o‘g‘rilar: «Siz bizni yo‘lto‘sarlikda boshlig‘imiz edingiz. Bugun esa, tavbada bizning boshlig‘imiz, kattamizsiz. Biz ham barchamiz Allohga tavba qildik» dedilar. Hammalari qilgan xatolari uchun tavba qildilar, tavbalari go‘zal bo‘ldi.