Joriy yilning 11 dekabr kuni mavlid oyi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi imom-xatiblar tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tuman bosh imom-xatibi R.Jalilov, «Mo‘yi Muborak» masjidi imom-xatibi L.Suyarqulov hamda «G‘ishtmon» masjidi imom-xatibi I.Haydarovlar tomonidan yordamga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga qishqi kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi.
Xuddi shunday tadbirlar Quva, Oltiariq, Furqat tumanlarida ham tashkillashtirilib, unda imom-xatiblar homiylarni jalb qilgan holda qishqi kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda maishiy ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan ashyolarning ehtiyojmand xonadonlarga kirib borishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Zero, kishi o‘zi yaxshi ko‘rgan narsa, odatda, o‘zi uchun foydali, yoqimli va xayrli narsa bo‘ladi. Bu narsalarni o‘zgaga ham ravo ko‘rish, o‘zga shaxsning bu odamga nisbatan mehri va hurmatini oshiradi. O‘zaro aloqalar yaxshilanadi. Buning natijasida jamiyat mustahkam va farovon bo‘ladi.
O‘MI matbuot xizmati
Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.
Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.
Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.
Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan