Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Oktabr, 2025   |   13 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:06
Quyosh
06:24
Peshin
12:16
Asr
16:13
Shom
18:02
Xufton
19:14
Bismillah
05 Oktabr, 2025, 13 Rabi`us soni, 1447

Hasan domla Qodirov - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam go‘zal xulq sohibi

09.12.2017   7793   1 min.

Hasan domla Qodirov - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam go‘zal xulq sohibi

Siyrat
Boshqa maqolalar

Allohga bog‘lanish

02.10.2025   3980   2 min.
Allohga bog‘lanish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ustozimiz shayx Jamoliddin Hoshim hafizahulloh bir suhbatlarida ustozlari shayx Abdussobur Azhariy (1941-2015) rahimahullohni eslab bunday dedilar: “Ustozim shayx Abdussobur rahimahulloh o‘zida Azharning barcha ilmlarini jamlagan edi. U tafsir, fiqh, arab tili, falsafa, mantiq ilmlarining bilimdoni, yetuk notiq, Alloh taoloning fozil bandalaridan, avliyolaridan edi.


Uning ikki ko‘zi ojiz bo‘lsada, qalbi ochiq edi. Uning juda ko‘p ajoyib xislatlari bor edi. Eng e’tiborlisi, u doim butun vujudi bilan Alloh taologa bog‘lanar edi. Har bir harakati, vaqti zikr, duo yoki tasbehsiz o‘tmas edi.


Oddiy holatlarda ham duo qilardi. Masalan, uyi derazasini yopmoqchi bo‘lsa, “Yo Robbim, derazamni uyimga birovning nazari tushmasin deb yopmoqdaman, Sen nazaringni, rahmatingni uzib qo‘ymagin!” der, telefon jiringlasa, Yo Robbim, menga yaxshi so‘zni eshittirgin” deb so‘ng qo‘ng‘iroqqa javob qilardi.

Oldiga birov kirsa, ochiq yuz bilan, go‘yo ustozini kutib olgandek, «Yo ne’mat beruvchi Zotning marhamati, xush kelibsan!» der edi.


Vafot etganda uni so‘ngi manzilga kuzatish holati hamon yodimda: hayotlik chog‘ida kishilar bilan qanday ochiq yuz bilan ko‘rishsa, vafotidan keyin ham shunday tabassum qilib yotar, yuzi nurli, qo‘llari go‘yo suyaksiz yumshoq, terisi muloyim edi”...


Ushbu so‘zlarni tinglab, hozirda eng katta kamchiligimiz Alloh taoloni doimiy zikridan va duodan uzilib qolganimizni his etdim. Odatda ibodatdan keyin yoki ovqatlanish so‘ngidan va biror hojatimiz bo‘lsagina duo qilamiz. Boshqa harakatlarimizni go‘yo o‘zimiz uddalaydigandek, beparvolik bilan bajaramiz.

Vaholanki, Allohning yordamisiz hech bir ishga qodir emasmiz. Zikr va duosiz g‘aflatda o‘tgan vaqtimiz ham zararimizga hujjat bo‘lishi mumkin, O‘zi asrasin!


Alloh taolo bizga ham O‘ziga shunday muhabbat, qalban yaqinlikni, doimiy zikri, ijobat bo‘luvchi duolar bilan bog‘lanishni nasib etsin!

 

Muhammad Zarif Muhammad Olim