Bo‘lim mudiri: Islomiddin Zuhriddinov

|
Qabul vaqtlari |
Dushanbadan Jumagacha, 09-00 dan 17-00 gacha |
|
Telefon raqami |
+99871 150-64-17 |
|
Elektron pochta |
|
Idora, bo‘limlar, masjidlar, ziyoratgohlar va boshqa tizimdagi muassasalarda rahbariyat ko‘rsatmasi asosida nazorat-taftish o‘tkazadi; reja asosida viloyatlarga xizmat safariga chiqib, masjidlarning moliyaviy faoliyatini o‘rganadi; yil davomida har chorakda shahar va viloyat bosh imom-xatiblarining moliyaviy ishlari bo‘yicha yordamchilari (muhtasib) bilan majlis o‘tkazadi; belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan yoki to‘lay olmagan masjidlarning ahvolini o‘rganadi; vakillik va viloyatlar masjidlari xodimlarining oylik maoshi, daromad solig‘i, kommunal to‘lovlar va turli majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanib borishini ta’minlaydi; idora tasarrufidagi yordamchi xo‘jaliklar faoliyatini nazorat qiladi; Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro markazlari va vakilliklarning yillik harajatlar smetasini tayyorlashda ularga yaqindan yordam beradi hamda ularning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladi; har chorakda idora tasarrufidagi barcha masjidlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladi; idoradan moddiy yordam so‘rab murojaat etgan masjid va bilim yurtlar moliyaviy ahvolini o‘rganib chiqib, idora rahbariyatiga taqdim etadi; masjid va ziyoratgohlar tomonidan amalga oshirilgan xayriya ishlarining ma’lumotini olib boradi;
Bo‘limda:
Oybek Xushvaqov – Muhtasiblik bo‘limi bosh mutaxassisi;
Baxtiyor Abdullayev – Muhtasiblik bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borishadi.
Bo‘lim hayotidan lavhalar


Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov boshchiligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Inson qadri” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot tadbirida Buxoro viloyati hokimligi vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat mutaxassislari, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tuman va shahar imom-xatiblari hamda otinoyilar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar kitobda inson qadrini ulug‘lash g‘oyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rni hamda tarbiyaviy ahamiyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Inson qadri” kitobi taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati