Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2025   |   28 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
24 Iyun, 2025, 28 Zulhijja, 1446

Ixlos… U bugunda unutilgan Qur’oniy qadriyat (1-qism)

12.11.2017   7133   7 min.
Ixlos… U bugunda unutilgan Qur’oniy qadriyat (1-qism)

Shayx Muhammad Sa’id Ramazon al-Butiy

Alloh subxanahu va taoloning Kitobidagi ajoyib o‘qdek ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan muqaddas so‘z bugunga kelib unutilgan notanish narsaga aylanib qoldi. Ayniqsa bu islomga da’vat etuvchi faol kishilarning faoliyat maydonida ko‘rina boshladi. Hususan islomiy jamiyatni barpo etish tashvishini qilib yurganlarda namoyon bo‘la boshladi.

Alloh azza va jalla kitobidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bu muqaddas kalima, bizlar Allohning Kitobida takror va takror o‘qiyotgan ixlos so‘zidir. Alloh taolo ushbu so‘zni qanchalar ahamiyatlik ekanini Kitobida ifoda etib, insonni Allohga yaqinlashtiradigan, toatning qabul bo‘lishini o‘zida saqlagan sirli belgini bizga bayon qilib bergan.

Bu mo‘min insonni amallarida aylanib yuradigan ruhdir.

Ixlos so‘zida qabul bo‘lish ma’nolari ufirib turadi. U insonlar orasidagi ulug‘ darajali sog‘lom insoniy aloqalarni tiklash harakatini beradi. Mana shu muqaddas kalima, yana qaytarib aytaman, notanish narsaga aylandi, balki ko‘p jamiyatlarimizda unutilib bo‘ldi. Ayniqsa islomiy da’vat ishlari harakatida afsonaga aylanib qoldi.

Lekin ixlos nima u – ey Allohning bandalari?

Ixlos qisqa so‘z bilan aytganda, u Alloh azza va jallaga sodiqlikdir. Boshqa ibora bilan aytganda: Allohga bo‘lgan ixlos, qilayotgan ishingda faqat bir g‘oyani xohlashing u ham bo‘lsa hech qanday boshqa g‘oya aralashmagan yagona Allohning roziligiga yetish g‘oyasidir. Mana shu ixlosdir. Mana shu haqiqatdir. U bo‘lmasa barcha amallarimiz mazmuni yo‘q bir shakllarga, ma’nosiz ramzlarga aylanadi.
Balki sizlar ma’nosi yo‘q bo‘lgan ofatni yoki ushbu so‘z haqiqatini mulohaza qilib ko‘rarsizlar.

Mazmuni Allohning rizo va rahmati tushishini so‘rash uchun yo‘nalish deb faraz qilingan toatlar ham juda ko‘p. Biroq sen o‘ylab qarasang, ushbu toatlarning mazmuni shahvatni amalga oshirishdagi xohish ekanini ko‘rasan. Shuningdek ularda havoi istaklarini amalga oshirishdagi, adovat yoki nafrat nafaslarini chiqarishdagi hamda tarafkashlik va mutaassiblik taomini yedirishdagi xohishlarni uchratasan. Bular suratdagi toatdir, mazmuni esa boshqa.

Shu o‘rinda men sizlarga bir narsani aytaman: Hayotimda juda ko‘p anjuman va konferensiyalarga taklif etildim, hammasga yoki ayrimlariga ishtirok etdim. Lekin men, anjumanga chaqiruvchilarni biror kun ixlos masalasini o‘z anjumanlarining belgisi qilib olganini yoki muhokama va uchrashuvlarining bir bo‘lagida shu to‘g‘risida so‘z yuritilganini eslay olmayman. Chunki bu anjuman va konferensiyalarning istagi ko‘rinish, shakl va natijalar musobaqasidan iborat bo‘lib unda ixlos ko‘rinmaydi.

Bu bayon qilishimiz kerak bo‘lgan haqiqat balki biz azob-uqubatlarini boshdan o‘tkazayotgan ulkan musiybatga o‘hshaydi. Agar Alloh yo‘lidagi ixlos mukammal bo‘lganida biz azob chekayotgan bu qiyinchilikga sira yo‘liqmas edik.

Agarda munosabatlarimiz va uchrashuvlarimizda hamda jamiyatlarimiz va qo‘shnilar bilan bo‘lgan aloqalarimizda Alloh yo‘lidagi ixlos bo‘lganida ushbu musiybat butkul yo‘q bo‘lar edi.

Ko‘rmayabsizlarmi, biz bugungi kunda Alloh yo‘lidagi jihod nomi bilan kurashayabmiz. Bugungi kunda bu so‘z quloqlaringizga ko‘p bora takror eshitilayotganini sezmayabsizlarmi?

Alloh yo‘lida jihod qilaman deb uning yakuni Alooh taologa iymon keltirgan mo‘minlar va ayibsiz tinch aholini o‘ldirishdan iborat bo‘lmoqda.

Alloh yulida jihod qilaman deb uning hosili buzg‘unchilik va vayron bo‘lishga borib yetmokda. Vaholangki Alloh taolo buzg‘unchilikni to‘g‘rilashga buyurgan.

Nima uchun islomning bebaho qadriyatlari va bu dinning asoslarini o‘yin qilish ko‘rinishlarini ko‘rayabmiz. Uning o‘ziga berilgan nomi qani? Nima uchun bunday? Chunki ixlos yo‘q. Chunki munosabat, unvonlar. Bu unvonlar bilan bo‘ladigan amaliy munosabat esa dunyoviy ishlardir. Nafrat mutaassiblik siyosatini amalga oshirishdir. Bu bor haqiqatdir.

Lekin muqaddas so‘z dalolat etayotgan ixlosning haqiqati bo‘lganida va uni qalblarda topganingda ishlarning barchasi shu kabi bo‘larmidi? Yo‘q bunday bo‘lmas edi.

Keling bir surishtirib ko‘raylik: 
Ixlosining ma’nosini bildinglar, endi borlig‘imiz va vujudimizda Allohga bo‘lgan ixlos ne’matini o‘rnatishimiz uchun qanday vosita bor?

Bu savolga javob berishim uchun uning ta’rifida aytgan narsamni sizlarga yana eslatib o‘taman: Ixlos bu Alloh bilan bo‘lgan munosabatda sodiq bo‘lishdir. Yoki Allohning buyrug‘ini bajarib qilayotgan toatlaringizda faqat bir g‘oyani xohlashingiz, u ham bo‘lsa hech qanday boshqa g‘oya aralashmagan yagona Allohning roziligiga yetish g‘oyasidir.

Demak ixlosning makoni qalbdir. Chunki maqsad faqat qalbdan joy oladi. Chunki sadoqat samimiy ko‘ngilda topiladi. Lekin qalb bilan musobaqalashadigan turli intilishlar va yomonliklar juda ko‘p.

Qalb shahvat va istaklarni, mutaassiblik va to‘s-to‘polonlarni paydo qiladigan narsa. Qalb nafrat va adovatlarni paydo qiladigan narsa. Bularning barchasi qalbni egallab uning hurjunlarini (tarmoqlarini) bosib olishni xohlaydi. Agarda mana shu sabablar g‘olib kelib qalbning negizini egallab olsa endi u yerda Allohning rizoligni topadigan maqsadga joy qolmaydi. U qalbda Alloh bilan bo‘lgan munosabatda sodiq bo‘lishga joy qolmaydi. Chunki qalb egallanib bo‘lgan. Shuning uchun toatlar shakl va ko‘rinishda amalga oshmoqda.

U toatlarni, qalbni egallab olgan nafratlar, adovatlar va havoi istaklar boshqaradi. Ammo doimiy o‘qilayotgan Allohning Kitobi toatlarimizda ixlos mazmunini paydo qilishimiz va ibodatimizga jon kiritishimizga takror va takror e’tibor qaratadi. Odamlar esa bundan juda bandlar.

“Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga buyurilgan edilar”. Bayyina 5.

Bas endi Allohga ibodat qil, unga biror narsani sherik qilma. Alloh subxanahu va taolo ushbu ixlosni o‘zining so‘zi bilan tarjima qilib beradi.
“Sen: «Men ham sizlarga o‘xshagan basharman. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta «iloh» ekani vahiy qilindi. Bas, kim Robbiga ro‘baro‘ kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin”. Kahf,110.

Odamlar bu nidoni eshitishdan juda bandlar.

Agar ixlos bor bo‘lganida edi, surat o‘z mazmuni bilan birlashib ketar edi. Shundan so‘ng talab qilinayotgan narsa amalga oshib Alloh subxanahu va taolo bizlarga o‘z rahmatini to‘la namoyon qilar edi.

Yana qaytarib aytaman: Ixlosga erishtiradigan vosita nima?

Aytganimdek muammo bu havoi nafslar, ba’zi vaqtlarda bo‘lib turadigan mutaassiblik va to‘s-to‘polonlar mana shular qalbni egallab uning ustidan g‘alaba qiladigan narsalardir.

(Davomi bor)

Toshkent shahar “Eshonguzar” jome masjidi imom-xatibi
Abdulloh G‘ulomov tarjimasi
Manba: www.vakillik.uz

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxorolik hojilarning dastlabki guruhi kutib olindi

24.06.2025   760   1 min.
Buxorolik hojilarning dastlabki guruhi kutib olindi

Haj amallarini ado etgan buxoroliklarning dastlabki guruhi Ona Vatanimizga eson-omon yetib keldi. Hojilarni O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi Buxoro viloyati vakillari, viloyat Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari kutib oldi.
 

Hojilar o‘zlari uchun ajratilgan maxsus avtobuslarda “Fayzobod” masjidi tomon yo‘l oldi va katta xursandchilik bilan kutib olindi. 

 

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri.

Buxorolik hojilarning dastlabki guruhi kutib olindi Buxorolik hojilarning dastlabki guruhi kutib olindi
O'zbekiston yangiliklari