Londonda bitta puxtalik bilan yashirilgan bir sirli joy bor. U – hech kim, hech qachon diniy maskan deb o‘ylash xayoliga ham kelmaydigan The Burdett Estate masjididir. U Ist-Londonning qoq markazidagi turarjoy binolari orasida mutlaqo antiqa me’moriy yechimda barpo etilgan. Masjid shu yilning bahorida ish boshladi va ibodatxonani ham atrofdagi binolarga o‘xshatib qursa bo‘lishiga ajoyib timsol bo‘ldi.
Masjidning eng hayratlanarli qismi uning Makkai mukarramaga qaratib qurilgan oynavand minorasidir.
Masjidning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri bu – masjid binosining tashqi devorlariga kufiy xatida yozilgan kalligrafiyadir.
“Allohdan boshqa iloh yo‘q” iborasi masjidning barcha tashqi eshiklari va derazalari tepasiga yozib qo‘yilgan.
Quyosh nuri mana bu panellardan o‘tib zalni yoritadi va namozxonlar saf tortadigan ajoyib chiziq hosil qiladi go‘yo.
Imomning ibodat vaqtida turadigan joyi minoraning chiki qismiga joylashtirilgan.
Masjidning shifti Qur’oni karim o‘qilganda qorining ovozi masjidning hamma joyiga yaxshi tarqalishini ta’min etadigan qilib loyihalashtirilgan.
Masjid ichida ajoyib atmosfera hosil qilish uchun tabiiy ranglardan foydalanilgan.
Oynavand minorali masjid dahaning eng mehmondo‘st binosi sifatida tanilib qoldi.
“islam-today”
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh uchun ushbu o‘n kunlikda qilinadigan solih amallardan ko‘ra sevimliroq amal yo‘qdir”, dedilar. Shunda: “Yo Rasululloh, Alloh yo‘lida jiddu jahd qilish hammi?” deb so‘raldi. U zot alayhissalom: “Ha, Alloh yo‘lida jiddu jahd qilish ham. Faqat bir kishi o‘z joni va moli bilan chiqib, undan biron narsasiz qaytib kelsa, bundan mustasno”, dedilar.
(Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Dorimiy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati. Rivoyat lafzi Abu Dovudga tegishli).