Italiyada islom. Ana shu iboraning o‘ziyoq eshitgan kishini hushyorlikka chorlaydi. Axir, tasavvur qiling: bu davlat poytaxtida Rim-Katolik Cherkovining markazi Vatikan – shahar-davlat bor.
Biroq, keling, asrlar qa’ridagi tarixga nazar tashlaymiz. Ayon bo‘lishicha, ming yillardan ham oldinroq g‘arbiy yevropadagi boshqa davlatlarga qaraganda islom Italiyada keng yoyilgan ekan. O‘rta asrlardagi arab istilosi davrida Janubiy Italiyada islom dini keng tarqalgan edi. Boriy amirligi janubiy yarim orolda 847 yildan 871 yilgacha mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari, 700 yildan 1091 yilgacha, 400 yil davomida Pantelleriya, Sitsiliya, Malta va boshqa orollar musulmonlar nazorati ostida bo‘lgan va bu makonlar, garchand, keyinchalik aososiy aholisi nasroniylar bo‘lgan bir necha musulmon knyazliklariga bo‘linib ketgan bo‘lsa-da, shartli ravishda Sitsiliya amirligi deb atalgan. Janubiy Italiyani normanlar bosib olganidan so‘ng musulmonlarning bu yerdagi davlati barham topgan. Shunday bo‘lsa ham musulmonlarning ko‘plab jamoalari Sitsiliyada XIV asrgacha saqlanib qolgan.
Aynan o‘sha davrda Sitsiliya orolida musulmon Ispaniyasi bilan birga ushbu mintaqada hozirgacha madaniyati va san’atining izi qolgan islom taraqqiyoti tashkil topgan.
Go‘yoki tarix sahifalariga singib ketgandek tilsiz guvohlar – Palermodagi ajoyib me’moriy yodgorliklar va oroldagi boshqa shahar va qishloqlar, ularning nomlari, manzarali va amaliy san’at asarlarining yorqin namunalari, Sitsiliya muzeyidagi noyob ekspozitsiyalar, arab tilidagi kitoblar va qo‘lyozmalar, oroldagi eng muhtasham kutubxonada saqlanayotgan Qur’oni karimning qadimiy nusxasidir.
IX asrning birinchi yarmida musulmonlar Korsika va Sardiniyaning bir qismini bosib oldi. Uning ortidan Maltani ham ishg‘ol qildi. Shundan keyin O‘rta yer dengizi musulmon davlatining ichkarisidagi dengiz bo‘lib qoldi.
Islom tamadduni bir necha yuz yil davomida Italiyada barq urib, hozirgi kunimizgacha saqlanib qolgan bebaho me’moriy obidalar barpo etdi. XIV yuzyillik so‘nggiga qadar arab tili sitsiliyaliklarning muomaladagi tillaridan biri bo‘lgan. Hozirgi vaqtda sitsiliyaliklar tilida arabchadan o‘sha vaqtlarda o‘zlashgan ko‘p so‘zlar mavjud. Mintaqada arablar va turklar bilan bog‘liq qator haykallar ham saqlanib qolgan. Keyinchalik, Uyg‘onish davrida islom o‘rta asrlar Italiyasining madaniy an’analarida o‘z aksini topdi. Normanlar istilosidan so‘ng Sitsiliyada musulmonlar davlatchiligi barham topdi. Ammo XIV asr boshlariga qadar bu yerda ko‘plab musulmon jamoalari saqlanib qolgan. Islom madaniyati va me’morchiligi ta’siri Italiyada hozirgi kunlarda ham sezilib turadi. Bugungi kunda islom dini Italiyada G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga o‘xshab ikki ko‘rinishda tarqalmoqda. Bir tarafdan, ular turli vaqtlarda islom diniga kirgan italyanlar. Ularning soni 10-15 ming atrofida deb aytilsa-da, ba’zida 30-50 ming kishi deyishadi. Ammo Italiyadagi musulmonlarning aksari esa Osiyo va Afrikaning o‘ttiz mamlakatidan kelgan 560 ming muhojirdir. Ularning hammasi Italiya fuqaroligini olgan yoki yashashga va ishlashga ruxsatnomasi bor shaxslardir. Ba’zi manbalarga ko‘ra, muhojir-musulmonlarning soni bir milliondan baland bo‘lishi ham mumkin. Italiyaga musulmon muhojirlarning ommaviy ravishda oqib kelishi o‘tgan asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi. Lekin undan oldin ham mamlakatda musulmonlarning jamoasi mavjud edi. Ularning ko‘pchiligi Afrika davlatlari, bir zamonlar Italiyaning mustamlakasi bo‘lgan – Somali va Liviya davlatlari fuqarolaridir. Ko‘payish bosqichidagi italiyalik musulmonlarning ikkinchi avlodi, birinchi muhojirlar to‘lqinining farzandlaridir. Italiyalik musulmonlar bosqichma-bosqich italiya jamiyatiga singishdi va bu jamiyat muhojirlarni etnik va diniy e’tiqodidan ajratib ololmadi.
Italiyada islomning o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, xuddi qo‘shnisi Fransiya kabi katoliklikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Keyingi o‘n besh yil ichida muhojirlar oqimining ko‘payishi sababli italiyalik musulmonlar tashkilotlari tobora ortib bormoqda. Dastlab jamoalar paydo bo‘ldi, ibodatxonalar ochildi, keyin esa turli-tuman islom madaniyat markazlari tashkil topa boshladi. Milanda chop etiladigan «Il jurnal» nashri yozishicha, 2002 yil Italiyada 350 masjid va ibodatxonalar bo‘lgan va ularning uchdan bir qismining minora va gumbazlari bor bo‘lib, ana o‘shalarnigina masjid deb atash mumkin bo‘lgan.
Etnik va diniy jamoalarning farqli jihatlariga qaramasdan Italiyada kelib chiqishi turli millatlardan bo‘lgan, shuningdek, islom diniga kirgan mahalliy musulmonlarni ham o‘ziga jalb etadigan islom markazlari bor. Bunday markazlar mamlakatda 30ga yaqin. Ularning eng mashhurlari Milan va Rimda, mamlakat janubida esa Neapol va qisman Palermoda.
Milandagi Islom markazi masjidlarga o‘xshab barpo etilgan – Islom madaniyati institutidir. Ularning birinchisini 1977 yilda italiyalik sunniy musulmonlar barpo etgan. Bu markaz islomiy mavzularda turli tadbirlar o‘tkazadi, italyan va arab tillarida xabarnoma chiqaradi, adabiyotlar tarqatadi, turli o‘quv kurslari tashkil qiladi va shar’an halol bo‘lgan go‘sht yetishtiradi. Milanlik dastlabki musulmon italiyada mashhur sanalgan sulolalardan birining vakili Abdul Vohid Pallavich hisoblanadi. Islom madaniyati instituti va uning masjidlari besh vaqt namoz vaqtida igna tushadigan joy topilmay qoladigan, hatto odamlar ko‘chalargacha chiqib ketadigan, ko‘plab musulmonlar bilan bog‘liq. Shuningdek, institut imon keltirganlar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini ham olib boradi. Musulmonlarning yana bir muhim markazi – Rim. G‘arbiy Yevropadagi eng katta sanaluvchi hashamatli masjid 1995 yil Rimda barpo etilgan.
Masjidning faoliyati Italiya islom madaniyati instituti hamda Rimda akkreditatsiya qilingan musulmon davlatlari elchxonalari bilan bog‘liq. Ushbu mamlakatlarning diplomatik korpuslari vakillari institut kengashi rahbarlari hisoblanadi. Italiyada musulmonlarni umummillat darajasida birlashtirishga ko‘p bora harakat qilingan. Chunki Italiyada ham boshqa davlatlardagiga o‘xshab musulmonlarning manfaatini himoya qiladigan, zarurat tug‘ilganda davlat hokimiyati bilan munozara qilishga qodir bo‘lgan markazlashgan birlashmaga ehtiyoj bor. Italiyalik musulmonlarning Qur’oni karimni maktabda o‘rgatish yoki muqobil tarzda barpo etilgan musulmon maktablari huquqini davlat maktablari bilan tenglashtirish, yangi masjidlar qurish uchun ruxsat olish tartibini soddalashtirish, islom shariati asosida o‘qilgan nikohni rasmiy tarzda qayd etish va boshqa masalalarga doir yechimini topishi zarur bo‘lgan muammolari ham bor. Ruyxatdan o‘tgan ibodatxonalar va masjidlar qoshida halol go‘sht do‘konlari mavjud. Musulmonlar uchun alohida qabristonga ham joy ajratilgan.
Italiya maktablarida “din soati” darsi ko‘zda tutilgan. Ammo qaysi dinni o‘rganish yoki dahriylik yo‘lini tutib mazkur darsga qatnashmaslik o‘quvchi va ota-onaning ixtiyoriga qarab bo‘ladi. Biroq hozircha ba’zi joyda bunga kadr yetishmasligi, ba’zi joyda xona yetishmasligi, gohida islomobofiya tizimi ishga tushayotgani sababli musulmon bolalar islom dini darslariga yetarlicha qatnasha olmayapti. Shuning uchun italiyalik musulmonlarning uchdan bir qismi farzandlariga islomning asoslarini puxta o‘rgata olmayotganini asosiy muammolardan bir deb hisoblaydi. Shuningdek, shifoxonalardagi musulmon bemorlarga ruhiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish masalasi ham shunday muammolar sirasiga kiradi. Ular bu kabi muammolar vaqtning oqimi bilan barham topib boraveradi, deb ishonadilar.
Damin JUMAQUL tarjima qildi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ko‘pchilikka ma’lum va mashhurki, fiqh ilmining bir necha xususiyatlari bor. Masalan, fiqh ilmining jazoning dunyoda va oxiratda bo‘lishi, shumul, ya’ni keng qamrovlilik, muruna, ya’ni moslashuvchanlik, sabot, ya’ni o‘zgarmas hukmlar, taysir, ya’ni ummatga yengillik qilish, xarajni, ya’ni mashaqqatni ketkazish kabi xususiyatlari bor.
Hanafiy fiqhining rivojlanish bosqichlari hamda unga nisbat beriladigan shubhalar haqida so‘zlashdan oldin ikki masalada qo‘shimcha qilishni lozim topdik.
Masalan, fiqh ilmining jazoning dunyoda va oxiratda bo‘lishi, shumul, ya’ni keng qamrovlilik, muruna, ya’ni moslashuvchanlik, sabot, ya’ni o‘zgarmas hukmlar, taysir, ya’ni ummatga yengillik qilish, xarajni, ya’ni mashaqqatni ketkazish kabi xususiyatlari bor. Ularni ko‘pchiligimiz bilamiz, ilgari bu mavzular haqida ko‘p eshitganmiz.
Shomillik, ya’ni qamrovning kengligi, deganimizning ma’nosi shuki, dunyoda hech bir qonun, hech qaysi nizom inson hayotini fiqhchalik to‘liq qamrab ololmaydi. Darhaqiqat, bandaning Alloh taolo bilan muomalasiga ham, o‘zi yashayotgan jamiyat bilan, jufti haloli bilan, oilasi bilan, qo‘ni-qo‘shnilari, yashayotgan davlati va hokazolar bilan muomalasiga ham aynan fiqh ilmi mezon qo‘yib berib, ushbu aloqalarni tartib-intizomga keltiradi. Ko‘rinib turibdiki, bunchalik keng qamrovli tarmoqni fiqhdan boshqa joydan topa olmaysiz.
Aslida to‘xtalib o‘tmoqchi bo‘lgan nuqta ushbu «shumul» xususiyati haqida emas, balki «muruna», ya’ni moslashuvchanlik va «sabot», ya’ni o‘zgarmas hukmlar borasida edi. E’tibor bergan bo‘lsak, fiqh qonuniyatlari qadimdan cho‘lu biyobon, sahrolarda ham, rivojlangan shaharlarda ham tatbiq etib kelinmoqda. O‘n asr oldin ham amalda qo‘llanilgan, hozirgi kunda ham qo‘llay olamiz. Mana shu xususiyat fiqhning «moslashuvchan»ligini sifatlab beradi, ya’ni fiqhdagi mana shunday ulkan moslashuvchanlik tufayli biz uni har qanday zamonda, har qanday makonda hayotga tatbiq qila olamiz.
Xo‘sh, fiqhdagi bu moslashuvchanlik, universallik qayerdan kelgan? Albatta, fiqhda turli-tuman ixtiloflar borligidan kelib chiqqan. Shunga ko‘ra, fiqh ilmi gohida «ixtilof ilmi» deb ham ataladi. Fiqhdagi ixtiloflarning bor bo‘lishi zaruriy narsadir. Bunda ixtilofning muayyan mazhab ichida bo‘lishi yoki mazhablararo bo‘lishining farqi yo‘q. Agar biz fiqhni birgina fikrdan iborat desak, ushbu yagona hukmni barchaga barobar tatbiq etmoqchi bo‘lsak, o‘zimizni katta qiyinchilikka duchor etgan bo‘lamiz.
Bugungi kunda tashaddud yo‘nalishi fiqhiy ixtiloflarga barham berishni, fiqhda yagona fikr bo‘lishi kerakligini yoqlayapti. Ularga qolsa, umuman, ixtilof degan narsa bo‘lmasligi kerak. Bu yo‘nalish tarafdorlari, masalan, hammada bir xil soqol, bir xil kiyim, barcha masalada bir xil hukm bo‘lishini xohlaydi.
Bizning bahsimiz asosan tashaddud, mo‘tadillik va tahallul yo‘nalishlari borasida bo‘ladi.
Yuqorida aytganimizdek, tashaddudchilar faqatgina bitta fikrni qabul qilishadi, ixtilof bo‘lishini inkor qilishadi.
Ahli sunna val jamoa sifatida bizning qoidamiz bunday: «Fikrimiz to‘g‘ri, lekin xato bo‘lish ehtimoli ham bor. Bizdan boshqalarning fikri noto‘g‘ri, lekin to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli ham bor».
Qoidamiz shu. Hanafiy mazhabi vakili sifatida men ham: «Mening fikrim to‘g‘ri», deyman. Bu 99 foiz yoki 99,9 foiz to‘g‘ri degani bo‘ladi. Lekin «Mening fikrim haq!» demayman, «Mening fikrim to‘g‘ri», deyman. Shunda garchi 1 foiz yoki 0,1 foiz bo‘lsa ham, mendan boshqalarning fikri ham to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli bor bo‘ladi. Mana shu ehtimol meni boshqalarning fikrini to‘g‘ri qabul qilishga, ular bilan hamjihatlikda yashashga undaydi. Shundagina men mazhablar o‘rtasidagi juz’iy ixtiloflarni to‘g‘ri qabul qila olaman. Shundagina mazhablar orasidagi ixtilof o‘sha maqtalgan ixtilof bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, fiqhning universalligi aynan mazhablar o‘rtasidagi juz’iy ixtiloflarning borligidan kelib chiqqan. Buning samarasi shuki, agar hanafiy mazhabimizdagi bir masalaga amal qilish vaziyat sababli torlik qilib qolsa, masalan, shofe’iy mazhabidan foydalanib turishimiz mumkin. Misol uchun, haj oylarida yoki Ramazon oyida Masjidul Haromda namoz o‘qiyapsiz, deylik. Bu vaqtlarda u yerda juda katta izdihom bo‘ladi, olomon nihoyatda tirband bo‘ladi. Faraz qilaylikki, oldingizdagi safda yoki yoningizda ayol kishi namoz o‘qiyapti, siz esa namozga iqoma aytilayotgani uchun boshqa joyga o‘ta olmadingiz. Bu holatda bizning mazhab qoidasiga ko‘ra, namozingiz durust bo‘lmay qoladi. Lekin boshqa mazhab bo‘yicha durust bo‘laveradi. Demak, boshqa mazhabga ko‘ra namozingiz durust bo‘lishiga imkon bor ekan. Ko‘rinib turibdiki, ixtilof bizga torchilik paytida kengchilik berdi, biz undan foydalandik.
Xuddi shuningdek, har bir mazhab ichida ham bir qancha ichki ixtiloflar bor. Masalan, bir masala bo‘yicha mazhabboshilar tomonidan uch
«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobidan