Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Yanvar, 2026   |   17 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:31
Bismillah
06 Yanvar, 2026, 17 Rajab, 1447

Arablarning Ramazon shirinligi “Qatayif” haqida

14.04.2023   1863   1 min.
Arablarning Ramazon shirinligi “Qatayif” haqida

Arablarning Ramazon shirinligi – “Qatayif” haqida bilasizmi?

Qatayif sharqona va arab shirinliklarining Ramazon oyida eyiladigan eng mashhuridir.

Qatayifni Livan, Misr va Tunisda ko'pincha iftorlikdan keyin, ba'zilar iftor paytida, Falastin aholisi esa iftordan oldin iste'mol qiladi.

Qatayifning kelib chiqishi tarixi Abbosiylar va Ummaviylar davriga borib taqaladi. Uni Ummaviylar xalifasi Sulaymon ibn Abdulmalik birinchi bo'lib iste'mol qilgan (98-hijriy sana).

Muborak oyning boshlanishi bilan Misrning mashhur mahallalari Qatayif tayyorlashni boshlaydi.  U oq doiralari issiq metall yuzasida pishirilib, tayyor holda sotiladi. Ular asosan quyosh botishidan oldin iftorlik vaqtida sotiladi.

Misrda odatda Qatayif yong'oq va mayiz solingan yog'da qovuriladi, so'ng to'g'ridan-to'g'ri siropga (sorbet) solinadi. Bir necha daqiqa dam oldirilib, so'ng issiq holda tortiq qilinadi. Ko'pincha u  ko'pirtirilgan qaymoq va yong'oqlar bilan bezatiladi.

 

O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

"Salafiylik" oqimi haqida

30.12.2025   8971   1 min.

Habibulloh domla G‘aniyev, Qo‘yliq ota masjidi imom noibi

VIDEO