Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2025   |   21 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:24
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:53
Bismillah
13 Sentabr, 2025, 21 Rabi`ul avval, 1447

Hayit shukuhi

27.06.2017   103855   2 min.
Hayit shukuhi

    Bolaligim xotiralari

Eslayman. Yosh bola edik. Opa-singillar, qo‘shni hamtenglar – hammamiz bolalik o‘yinlarining birortasini begona qilmaganmiz. Har bir bayramni-ku asti so‘ramang. Bir-ikki hafta oldin kiyimlar oldirib, yoki onajonimizga tiktirib, har kuni kamida 2-3 marta ko‘ylaklarimizni kiyib ko‘rib, rosa zavqlanardik: shodligimizning cheki bo‘lmasdi. Ayniqsa, hayit bayramlarining shukuhi o‘zgacha edi. Xonadonimizning kattalari bizni pul, shirinliklar, har xil sovg‘a-salomlar bilan siylashardi. O‘sha kuni onamning onalari – Zulfin momomning tashriflari bir quvonchimizga o‘n quvonch qo‘shardi. Boshlarida yengli jelak bo‘lardi,  uni qand-qursga to‘ldirib kelardilar. Muzqaymoq olib yenglar, deb pul ham berardilar rahmatli momojonim. Kechqurun katta so‘rida joy hozirlab, bayramona dasturxon tuzalardi. Hammamiz dasturxon atrofida o‘tirib, tansiq taomlar tanovul qilib, momom aytgan ramazon va qurbon hayiti she’rlarini miriqib tinglardik. Mana o‘sha she’rlardan esimda qolganlari:

Mohi Ramazon,

Aziz,  jonajon.

Sen kelganing on,

Quvonch bir jahon.

Yilda bir emas,

Ko‘proq kelsayding.

Bizga yoqishing,

Koshki bilsayding.

Mohi Ramazon,

Aziz, jonajon.

Qurbon hayitiga atalgan mana bu she’r ham hamon yodimda:

Qurbon hayit, qurbon hayit,

Dasturxoni to‘kin bu iyd.

Yo‘qlovlaring yana boyit,

Yuraklardan g‘amni arit,

Qurbon hayit, qurbon hayit.

Momojonimning tillaridan to‘kilgan bu durlar xalq og‘zaki ijodidanmi yoki o‘zlarining ijodlaridanmi bilmadimu, bu misralar xotiramda bir umrga muhrlanib qolgan.

Yillar o‘tdi. Kattarganimda negadir bu bayramni nishonlamay, sayllarga chiqmay qo‘ydik. Sababi esa ayon.

Istiqlol bizga o‘sha – bolalik shodliklarimizni qaytarib berdi. Bolalarimga, nabiramga hayitlik ulashar ekanman, ko‘nglimda o‘sha orziqish, o‘sha xotirotlar qayta tiklanadi. Ilohim, mening yuragimda yashayotgan hayit shukuhi endi farzandlarim, nabiralarim qalbida o‘zining baland bo‘yini ko‘rsatsin.

                                                                                Zebo OMONOVA

 

 

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

12.09.2025   1941   2 min.
TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

#xabar #muftiy
Bugun, 11 sentyabr kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining VI yig‘ilishi o‘tkazildi. 

 Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshozoda, Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, bosh muftiy Navro‘zboy hoji Tag‘anuli va Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Abdulaziz qori Zokirov qatnashdi. 

 Nutq qilgan muftiylar Turkiy davlatlar diniy idoralari o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnun ekanini izhor etib, ushbu an’anaviy anjuman ahillik, inoqlik, do‘stlik, birdamlik, tahlikali zamonda tinchlik-osoyishtalik va totuvlikni ta’minlashga hissa qo‘shishdek mushtarak maqsadlarga xizmat qilayotganini e’tirof etishdi. Bunday ezgu ishlar va ummat birligiga Qur’oni karim va hadisi shariflarda ham chorlanganini dalillar bilan keltirishdi.

 Global muammolarga birgalikda yechim topish va Islom dini sofligini asrash borasidagi imkoniyatlarni birlashtirish bugungi kunda juda ham muhimligini ta’kidladilar. Fitnalar, buzg‘unchi g‘oyalar va axborot xurujlari avj olgan bir paytda g‘oyaviy tahdidlar qarshisida Turkiy dunyo xalqlari birdamlikda muammolarni bartaraf etishga yanada jiddu jahd qilish kerakligini aytib o‘tishdi. 

 Yig‘ilishda mazkur tuzilma huzuridagi Fatvo hay’ati tomonidan atroflicha muhokama qilinib, Kengashga ko‘rib chiqish va imzolanish uchun taqdim etilgan oila, nikoh, inson organlarini ko‘chirish, haj va umra, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli borasidagi beshta muhim fatvo imzolandi. Ushbu fatvolarning mazmun-mohiyatini kelgusida batafsil yoritish rejalashtirildi.

Kengash doirasida jamoaviy fatvolar chiqarilishi muhim tarixiy qadam bo‘lib, turkiy mamlakatlardagi diniy-ma’rifiy ishlar va fiqhiy masalalarni hal etishda yakdillik va hamkorlikni ta’minlaydi.

 Turkiy davlatlar muftiylari hozirgi kunda dolzarb bo‘lib turgan Islomda ummat birligi nomli Bayonot hamda iqlim o‘zgarishining oldini olish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal qilish to‘g‘risidagi Murojaatni ham qabul qilishdi. 

 Yig‘ilishda Turkiy davlatlar muftiylari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini muhtaram Prezidentimizning farmonlariga ko‘ra “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlanganlari munosabati ila samimiy qutladilar. O‘z navbatida Muftiy hazratlari qardosh davlatlar diniy idoralari rahbarlariga tashakkur aytdilar.  

 Shundan so‘ng Kengash yig‘ilishi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining dunyo musulmonlariga tinchlik-ofiyat so‘rash, turkiy xalqlar birdamligi yanada mustahkam bo‘lishi haqidagi xayrli duolari bilan yakunlandi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI TURKIY DAVLATLAR MUFTIYLARI KЕNGASHINING VI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Dunyo yangiliklari