Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Yanvar, 2026   |   15 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:26
Shom
17:11
Xufton
18:29
Bismillah
04 Yanvar, 2026, 15 Rajab, 1447

Ming oylik ibodatga teng kecha

19.06.2017   109561   3 min.
Ming oylik ibodatga teng kecha

Ramazon oyida qalblarimizda o‘zgacha bir tuyg‘u, harakatlarimizda o‘zgacha bir samimiyat,  hayollarimizda Allohning  cheksiz rahmatidan umidvorlik, ibodatlarimizda o‘zgacha bir xushu’ bor.

Ne ne payg‘ambarlar oxiri zamon payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummati bo‘lish  orzusida o‘tganlar. Chunki Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga Allohning cheksiz marhamatlari bisyor.

Allohning ana shunday ne’matlari ichida Ramazon oyi va unda ming oydanda yaxshiroq bo‘lgan Qadr kechasining fazli biz ummatlarga berilgan bebaho boyligidir.

Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: “Kimki Qadr kechasida imon-e’tiqod, qanoat va ishonch bilan tursa oldingi gunohlari kechiriladi, kimki Ramazon ro‘zasini imon-e’tiqod va ishonch bilan tutsa, oldingi qilgan gunohlari kechiriladi”.

(Imom Buxoriy rivoyati).

 “To‘rt kechaning kunduzi ham kechasi kabi fazilatlidir. Allohu taolo bu kunlarda duo etgan kishining duosini rad etmaydi, ularni mag‘firat etadi va ular bu kuni mo‘l ehsonga ega bo‘ladilar. Bular qadr kechasi, arafa kechasi, barot kechasi, juma kechasi kunlaridir.” (Daylamiy)

Bunday   muborak vaqtlarda gunohlardan uzoq turish, toatlarni, ibodatlarni va har turli xayrli ishlarni ko‘paytirish kerak. Alloh taolo g‘animat qilib bergan vaqtning barokatini, hurmatini va sharafini  his etishimiz darkor.

Rivoyat qilinishicha, bir kuni Muso alayhissalom Alloh taologa nido qilib: “Iloho, sening yaqinligingni bilishni istayman”, - dedi. Alloh taolo: “Men Qadr tunida uyg‘oq bo‘lganlarga yaqindirman”, - dedi. Muso alayhissalom yana: “Iloho, sening rahmatingning orzusidaman”, - dedi. Alloh taolo: “Mening rahmatim Qadr kechasida miskinlarga rahm qilganlargadir”, - dedi. Muso alayhissalom: “Iloho, sirot ko‘prigidan yashindek o‘tishni istayman”, - deganlarida, Alloh taolo: “Qadr kechasida faqirlarga sadaqa berganlarni oldinroq o‘tkazaman”, - dedi. Muso alayhissalom nidolarini davom etib: “Iloho, jannat bog‘larida bo‘lishni va ularning mevasidan tanovul qilishni istayman”, - dedi. “Qadr kechasida tasbeh aytib, Meni zikr etish bilan mashg‘ul bo‘lganlar jannat bog‘lariga sazovor bo‘lishadi”, - dedi Alloh. Muso alayhissalom: “Iloho, do‘zaxdan najot topishni istayman”, - deganlarida, Alloh taolo “Qadr kechasida istig‘forni ko‘p aytganlar do‘zaxdan najot topadilar”, - dedi. Muso alayhissalom yana iltijo qilib: “Iloho, sening roziligingni topishni istayman”, - deganlarida, Alloh haq subhanahu va taolo: “Ey Muso, Mening roziligimni qadr kechasida ikki rak’at nafl namoz o‘qiganlar topadilar”, - dedi (“Zubdatul vo’izin” kitobidan).

Qadr kechasida ilm o‘rganish, Qur’oni karimni tilovat qilish, qazo namozlarini o‘qish, tasbeh, takbir, tahlil aytish,  sadaqa berish,   atrofdagilarga chiroyli muomalada bo‘lish boshqa  vaqtda qilingan ibodatlarga nisbatan ajri savobi ulug‘dir.

O‘zimiz, oila a’zolarimiz, farzandlarimiz va yaqinlarimizni ming oyning savobi yog‘ilib turadigan ushbu kechada yaxshiliklarga chorlab, ezgu amallar qilishga undashimiz darkor. Bemorlarni borib ko‘rish, nochorlarga yordam berish,  qalbni xursand qiladigan so‘zlar aytib, atrofdagilar ko‘nglini ko‘tarish ham savob amallardandir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Munira ABUBAKIROVA

 

Boshqa maqolalar

Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda

28.12.2025   15338   1 min.
Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda

Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
 

Tadbirlar doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda inson qadrini ulug‘lash g‘oyasining jamiyat ma’naviy hayotidagi ahamiyati ta’kidlandi.


Shuningdek, 2025 yilda diniy soha vakillari faoliyati yuzasidan sarhisob yig‘ilishi o‘tkazilib, sohadagi islohotlar, ustuvor vazifalar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.


Tadbir yakunida ma’naviy-ma’rifiy sohada faollik ko‘rsatgan bir qator soha vakillari taqdirlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda Kitob taqdimoti va 2025 yil sarhisobi — Buxoroda
O'zbekiston yangiliklari