Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446

Rossiya Federatsiyasida juma namozlarida yurtimiz imomlari ma’ruza qildilar

12.06.2017   5532   1 min.
Rossiya Federatsiyasida juma namozlarida yurtimiz imomlari ma’ruza qildilar

Ramazon oyi davomida Rossiya Federatsiya shaharlarida taroveh namozlarini o‘qib berish uchun yurtimizdan jo‘nab ketgan qorilarimiz xatmi Qur’onlarni zo‘r ishtiyoq bilan davom ettirmoqdalar.

Kuni kecha vakillarimiz taroveh namozlarini ado etib berayotgan masjidlarda juma namozlarini o‘qib berdilar. Qorilarimiz juma ma’ruzalarida Ramazon oyining fazilatlari, Ramazon ro‘zasi haqida Qur’on va hadislarda keltirilgan oyat hamda hadislar asosida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, ma’ruza davomida musulmonlarning turli buzg‘unchi oqimlar girdobiga tushib qolmasliklari, buning uchun amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar haqida aytib o‘tdilar.

Juma namozlarida faqat erkaklar yig‘ilishini inobatga olib, juma namozidan so‘ng ayollar uchun alohida yig‘ilish o‘tkazilib, ularni hozirgi globallashuv va tahlikaviy davrda yoshlar va ayollarni turli noto‘g‘ri aqidaviy  hurujlardan saqlanishlari haqida gapirib o‘tildi. Bunda ularga O‘zbekiston musulmonlari idorasi nashrlaridan bo‘lgan “ISHID fitnasi” kitobi yaxshi qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xalqaro aloqalar bo‘limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sudxo‘rlik qilib qo‘ymang!

26.02.2025   4633   1 min.
Sudxo‘rlik qilib qo‘ymang!

Kasblar haqidagi Islom ta’limotlari va ko‘rsatmalari juda foydalidir. Rizq talabida qilingan har bir mehnat ham maqtovga sazovor bo‘lavermaydi.

Agar faqat mashaqqat chekishning o‘zi maqtovga sazovor ish bo‘lganida, o‘g‘ri ham, qaroqchi ham, turli buzuq ishlar bilan mashg‘ul bo‘luvchi ham: “Men buni topgunimcha ne mashaqqatlar chekmadim”, deb faxrlanib yurar edi. Lekin barcha chekilgan mashaqqatlar ham nojoizni joiz qilib qo‘yolmaydi.

Shuning uchun biror kasbni tanlash yoki biror ish bilan shug‘ullanishdan avval uning shariatga muvofiq yoki muvofiq emasligi va qanday qilinsa, to‘g‘ri bo‘lishini o‘rganish lozim. Har bir kasbning sir-asrorini, shariatdagi hukmini bilishimiz kerak.

Umar roziyallohu anhuning bir so‘zlari ham juda mashhurdir: “Bozorimizda savdo ilmini yaxshi bilgan kishigina tijorat qilsin, aks holda, sudxo‘rlik qilib qo‘yadi” (Imom Termiziy rivoyati).

Allohning odati shundayki, qaysi ish Uning buyruqlariga muvofiq qilinsa, baraka beradi. Haromdan kelgan molda baraka bo‘lmaydi. Shuning uchun ham oylik maosh olib ishlaydigan hamma ishchilar oyligini qadrlashlariga, “oz bo‘lsa ham, bunda baraka bor”, deb qo‘yishlariga guvoh bo‘lamiz.

Musulmon qiladigan ish shariat halol qilgan amal bo‘lishi lozim. Shariat esa insonga, jamiyat, vatan, atrof-muhitga zarar yetkazadigan barcha narsalarni harom qilgan.

Shuning uchun ham ish tanlamoqchi bo‘lgan odam avval bu boradagi ta’limotlarni yaxshilab o‘rganib, bilmasa, biladiganlardan so‘rashi, shundan keyingina ish tanlashi zarur. Mana shuning o‘zi ishdagi eng katta barakadir.

"Halol kasb-hunar – qut-baraka keltirar" kitobidan