Movarounnahr diyorida XV asrning ikkinchi yarmidagi madaniy muhitning rivojlanishida buyuk bobokalonimiz Hazrat Alisher Navoiyning o‘rni beqiyos sanaladi.
Alisher Navoiy yashab ijod etgan davrda me’morchilik, naqqoshlik, tasviriy san’at (miniatyura), xattotlik, musiqa, ta’lim tizimi, ilm-fanning turli sohalari (aniq fanlar – astronomiya, matematika; tabobat, Qur’on ilmlari, fiqh, falsafa, tasavvuf, adabiyot va h.k.) o‘z davriga nisbatan yuksak darajada rivojlandi.
Shuningdek ushbu davrda turli ilm-fan sohalari qatorida Qur’on va tafsir ilmlari rivojiga ham alohida e’tibor qaratilganligi bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarda o‘z aksini topgan.
Movarounnahr tafsir ilmi rivojida ayniqsa, Alisher Navoiyning hissasi katta bo‘lgan. Shoir fanning turli sohalaridan yaxshi xabardor bo‘lish bilan bir qatorda, o‘z asarlarida Qur’ondan ham keng foydalangan. Uning “Xamsa”, “Sittai zaruriya”, “Nasoyim al-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Siroj al-muslimin” kabi asarlarida, umuman nazm va nasrdagi yozma merosida Islom masalalari bo‘yicha ko‘p hollarda Qur’on oyatlariga asoslangan mulohazalar bayon qilinganini ko‘rish mumkin.
Ta’kidlash joizki, Alisher Navoiy Qur’on va tafsir ilmidan ta’lim olishni yoshlikdan boshlagan va uning “Majolis an-nafois” asarida olti yoshida tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy (vaf. 858/1454) bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida maktabda “Taborak” surasigacha o‘qigani qayd etilgan.
Navoiyning Qur’on tafsiriga bo‘lgan e’tibori uning bir nechta tafsirlar yozdirganida ham kuzatiladi. Masalan, o‘sha davr mufassirlaridan biri bo‘lgan Movaronnahrlik Husayn Voiz Koshifiyning ilmiy faoliyatiga nazar soladigan bo‘lsak, uning qalamiga mansub “Javohir at-tafsir” va “Mavohibi Aliyya” asarlari bevosita Alisher Navoiyning taklifi va homiyligi ostida yozilgan.
Movarounnahr madaniy-ma’naviy muhitida Alisher Navoiy Qur’on ilmlari, jumladan tafsir ilmini rivojlantirish maqsadida mazkur sohaga o‘z davrining yetuk olim va mufassirlarini jalb qilgan hamda ularga homiylik kilgan.
Alisher Navoiy Qur’on ilmlarini chuqur o‘rganish maqsadida o‘z ilmiy faoliyatini Samarqandda Xoja Xurd va Mavlono Muhammad Olim kabi movarounnahrlik ilm ahllari bilan birga davom ettiradi va ularning tafsir ilmi borasidagi mazmunli suhbatlaridan bahramand bo‘ladi. Ana shunday keng bilim doirasiga ega bo‘lish orqali Alisher Navoiy keyinchalik Qur’on bilan bog‘liq mavzularni o‘z asarlarida erkin ifodalay oladi. Jumladan, “Nasoim al-muhabbat”ning xoja Bahouddin Naqshbandga bag‘ishlangan maqolasida zikr haqida so‘z borganda “Nur” surasining quyidagi 37-oyatini tafsir qilganini ko‘rishimiz mumkin:
“Ularni na tijorat va na savdo (ishlari) Alloh zikridan chalg‘ita olmas” – oyati dalil qilib berilgan.
Alisher Navoiyning Qur’on va hadisdan unumli foydalangani uning boshqa asarlarida ham kuzatiladi. Shoir ijodida Qur’on ilmlari qay darajada ifodalanganligi haqida kengroq tasavvur hosil qilish uchun uning “Nazm al-javohir”, “Majolis an-nafois”, “Hayrat al-abror”, “Sittai zaruriya”, “Nasoim al-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Siroj al-muslimin” va “Xamsat al-mutahayyirin” kabi asarlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda mavzuga daxldor bo‘lgan ma’lumotlar batafsil bayon etilganiga amin bo‘lamiz. Mazkur asarlarda ham Qur’oni karimga katta e’tibor berilgani ma’lum bo‘ladi.
Masalan, shoir o‘zining “Nazm al-javohir” asarida Qur’on o‘qishning foydasi haqida quyidagilarni yozadi:
Olam eli ichra gar gado, gar shoh erur,
Ne dardki ul ko‘ngli aro hamroh erur,
Qur’onni tilovat etsun, gar ogoh erur,
El dardiga chun da’vo Kalomulloh erur.
Boshqa bir baytda esa Alisher Navoiy Qur’on tilovati haqida quyidagi misralarni aytadi:
“Qur’on”ki erur mujdai joniy o‘qumoq,
Yo‘q, yo‘qki, hayoti jovidoniy o‘qumoq,
Bil ko‘ngulga istasang shifoni o‘qumoq,
Kim keldi ko‘ngul shifosi oni o‘qumoq.
Shoir mazkur satrlarni keltirganda Isro surasining Qur’on mo‘minlar uchun shifo ekanligi to‘g‘risidagi 82-oyati: “(Biz) Qur’ondan mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz” – degan mazmunga tayanganini ko‘ramiz.
Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, Alisher Navoiy davrida mamlakatda o‘rnatilgan siyosiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish ma’naviy hayotning yuksalishiga olib keldi.
Ushbu davrda Hazrat Navoiy davlat miqyosidagi katta huquqlarga ega bo‘lib, butun kuch-g‘ayratini el-yurt xizmatiga, xalq farovonligi va osoyishtaligiga qaratdi.
XV asrning ikkinchi yarmida esa Movarounnahr va Xurosonda Qur’on tafsiri, hadis ilmi, falsafa, adabiyot, tarix, musiqa, rassomlik va xattotlik ilmlari eng avvalo g‘azal mulkining sultoni bo‘lgan Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligi ostida rivojlandi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy o‘z hayoti mobaynida nafaqat turkiy tilga asos soldi, balki Movarunnahrda Qur’on va tafsir ilmlarining rivojlanishiga ham o‘zining beqiyos hissasini qo‘shdi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
AbrorALIMOV,
Toshkent shahar
“Qatortol”masjidi imom-xatibi
V sedmom i vosmom epizodax programmi po poisku talantov v oblasti Korana "State of Recitation" v Yegipte uchastniki prodemonstrirovali svoi sposobnosti v chtenii i tadjvide ayatov Korana.
Po soobsheniyu IQNA so ssilkoy na "Al-Dustur", sedmoy i vosmoy epizodi programmi po poisku talantov v oblasti Korana "State of Recitation" v Yegipte vishli v efir v proshluyu pyatnitsu i subbotu.
Sedmoy epizod vklyuchal v sebya sorevnovaniye mejdu: Reza Moxammad Reza, Moxammad Axmad Xasan Ismail (Al-Kuladji), Ashraf Seyf Salex, Valid Salax Atiyya, Moxammad Maxer Shafik i Maxmud as-Said Abdulla.
Rezultati uchastnikov v sedmom epizode programmi bili sleduyushimi:
Ashraf Seyf Salex nabral 268 ochkov.
Reza Moxammad Reza nabral 266 ochkov.
Moxammad al-Kuladji nabral 271 ochko.
Moxammad Maxer nabral 267 ochkov.
Valid Atiyya nabral 263 ochka.
Maxmud as-Said Abdulla nabral 267 ochkov.
Posle etix rezultatov Reza Moxammad Reza i Valid Salax Atiyya uchastvovali vo vtorom raunde, chtobi opredelit, kto iz nix proydet v sleduyushiy etap, a kto vibudet. V konse konsov, sudi vibrali Rezu Moxammada Rezu dlya sleduyushego etapa.
Takje chtetsami, uchastvovavshimi v vosmom epizode, bili: Atiyya Alla Ramadan, Axmad Djamal Abdel Vaxxab, Muxanna Rabi Abdel Monem, Ali Moxammad Mustafa, Moxammad Kamel i Omar Naser Axmad Ali.
Daleye vi mojete posmotret chteniye Atiyi Alla Ramadana, slepogo chtetsa etogo epizoda programmi "State of Recitation", kotoroye bilo ispolneno s osobim entuziazmom i chuvstvom.
Programma nachalas s 32 uchastnikami, i kolichestvo uchastnikov postepenno umenshalos v kajdom epizode, poskolku kajdiy raz odin ili neskolko uchastnikov vibivali, poka ne bili opredeleni pobediteli dvux razdelov programmi, a imenno "Chteniye" i "Tadjvid".
Programma "State of Recitation" vixodit v efir kajduyu pyatnitsu i subbotu v 9 chasov vechera na kanalax "An-Nas", "Al-Xayat", "Si-Bi-Si" i kanale Svyashennogo Korana, a takje na platformax Ministerstva vakufov Yegipta i platforme "Watch It".
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana