Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2025   |   9 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:56
Peshin
12:30
Asr
17:01
Shom
18:58
Xufton
20:14
Bismillah
07 Aprel, 2025, 9 Shavvol, 1446

Jonivor fidoiyligi

20.01.2017   7204   1 min.
Jonivor fidoiyligi

Bu voqea London shahrida bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilardan birining katta iti bo‘lib, uni Bob deb chaqirishar edi. Bob yong‘in bo‘layotgan joyga kirib, o‘t ichida qolib ketgan kichkina bolalarni qutqarishga o‘rgatilgan edi.

Bir kuni Bob va o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan uy oldiga kelishdi. Uy alanga ichida qolgan, atrofda odamlar to‘plangan edi. Odamlar ichida bir ayol uy ichida ikki yashar qizchasi qolib ketganini aytib qattiq yig‘lardi. O‘t o‘chiruvchilar Bobni uy ichiga yuborishdi. Bob alanga ichiga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bir ozdan keyin kichkina qizchani ko‘ylagidan tishlab olib chiqdi. Onasi qizini ko‘rib juda sevindi. Bobni bag‘riga bosib, boshini siladi. Lekin Bob yana uy ichiga intilar edi. Yonayotgan uyda yana kimdir bor bo‘lsa kerak, deb o‘ylab Bobni qo‘yib yuborishdi. Bob bir zumda olov ichida yo‘qoldi. Oradan bir oz vaqt o‘tdi. Hamma nafasini yutib Bobni kutar edi. Shu payt olov ichidan Bob otilib chiqdi. Yana bir qizchani ko‘ylagidan tishlab olib kelar edi. Hamma bolani olish uchun unga intildi. Bob yaqinlashganda qarashsa, u bola deb olib chiqqan narsa kattagina qo‘g‘irchoq ekan. Hamma kulib yubordi. Bob esa o‘zining qilgan ishidan mamnun bo‘lib odamlarga qarab turardi.

Ba’zan jonivorlarning fidoiyligi insonlar uchun havas qilarli darajada bo‘ladi.

 

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi

02.04.2025   7862   1 min.
Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirokida Andijon viloyatidagi tuman-shahar bosh imom-xatiblarining masjidlarda xavfsizlik texnikasiga rioya qilishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda masjid mo‘min-musulmonlar ibodat qiladigan jamoat joyi bo‘lgani tufayli uning xavfsizligini ta’minlash doimo dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi. Jumladan, masjid xonaqohlari, qo‘shimcha binolari, tahoratxonalari va bularga tutash hududlarda texnik jihatdan osoyishtalikni ta’minlash ustuvor masala ekaniga alohida urg‘u qaratildi.

Muftiy hazratlari hududlardagi barcha masjidlarning texnik va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi, jumladan, issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimlari va qozonxonalarni to‘liq  nazoratdan o‘tkazishni tegishli mas’ullarga topshirdilar. Shuningdek, yangidan bunyod etilayotgan va joriy ta’mirlanayotgan jomelarda qurilish-arxitektura me’yorlariga e’tibor qaratish zarurligi alohida qayd etildi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari kelgysida Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida bo‘lgani kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish, masjid ma’muriyatining mas’uliyatini oshirish, har bir obyekt va texnik xizmat ko‘rsatish qurilmalariga alohida javobgar shaxs tayinlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdilar. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarning muntazam nazoratidan o‘tkazib turish muhimligini bildirdilar.
Mamlakatimizda joylashgan masjidlarda xavfsiz sharoit yaratish, issiq suv hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash talablarini nazorat qilishga oid Diniy idora bo‘yrug‘ini bajarish alohida ta’kidlandi.

Bayon etilgan topshiriq va ko‘rsatmalar respublikaning barcha xududlaridagi imom-xatiblarga ham yetkazilib, ijrosi nazoratga olingani  ma’lum qilindi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi Andijonda tuman-shahar bosh imom-xatiblarining navbatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari