Inson hayoti farovon bo‘lishining shartlaridan biri halol kasb bilan shug‘ullanishdir. Barchamizga yaxshi ma’lumki, Islom dini dangasalik, tanballik va boqimandalikni qoralaydi. Halol kasb qilishga targ‘ib etib, kishining shaxsiga, oilasiga va jamiyatga foyda keltiruvchi kasb-hunar, dehqonchilik bilan shug‘ullanishga, ijodkorlik qilib, fan-texnika sohasida peshqadam bo‘lib, bashariyatning rivojiga hissa qo‘shishga chorlaydi.
Kasb qilishdan murod rizq talab qilishlikdir. Rizq topishga harakatqilgan odam iloji boricha oson yo‘l bilan ko‘proq daromad topishni xohlaydi.
Rizk to‘g‘risida Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Bas, qachonki, namoz (juma namozi) ado qilingach, yer yuzi bo‘ylab, Allohning fazli (rizqi)dan istayveringiz va Allohni ko‘p yod etingiz, shoyad (shunda) najot topsangiz» (Jum’a,10).
Rizq talab qilish yo‘lida turli holatlarga duchor kelinadi. Ba’zan ko‘proq daromad ilinjida harom yo‘llarni tanlashga, birovlarning haqiga tajovuz qilishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Holbuki muqaddas dinimiz ta’limotlarida shar’an harom bo‘lgan egri yo‘llar bilan dunyo orttirish man etiladi.
Harom pul topish yo‘liga kirganlar bir muddat maqsadiga yetishi mumkin, biroq unday insonlarga halovat begona bo‘lib qoladi. Oxiratda qattiq azoblarga duchor bo‘ladi. Halol mehnat sohiblari esa, topganidan baraka ko‘radi. Xotirjamlikda hayot kechiradi.
Homid Lifofiy aytadi: “Biz to‘rt narsani to‘rt joydan izladik. Ammo yo‘lda xato qildik va ularni boshqa to‘rt joydan topdik:
- boylikni mol-dunyodan izladik, qanoatdan topdik;
- rohatni mo‘l-ko‘lchilikdan izladik, ozgina moldan topdik;
- lazzatni ne’matdan izladik, salomatlikdan topdik;
- rizqni yerdan izladik, osmondan topdik”.
Muhammadsobir Iminov,
Hazrat Umar masjidi imom- xatibi (Asaka).
Nachalo formi
Ayni qish-qirovli kunlarda "Vaqf" xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda ko‘plab xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan, fond xodimlari g‘ayratli volontyorlar bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj 100 ta oilalaga himmatli xalqimiz ehson qilgan ko‘mir, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa uy-ro‘zg‘orga zarur buyumlarni xonadonlariga yetkazishdi.
Alloh taolo saxovatli xalqimiz va muqarrab duogo‘ylarimizdan rozi bo‘lsin!
Vaqf.uz