Sayt test holatida ishlamoqda!
09 May, 2025   |   11 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:38
Quyosh
05:11
Peshin
12:24
Asr
17:21
Shom
19:32
Xufton
20:58
Bismillah
09 May, 2025, 11 Zulqa`da, 1446

DUSHANBA KUNI...

24.11.2016   8811   1 min.
DUSHANBA KUNI...

Ko‘pchilik dushanba kunini og‘ir kun sifatida e’tirof etadi. Haqiqatdan ham shundaymi? Yo‘q. Holbuki, ushbu kunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hayotlari bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk voqealar bor. Jumladan, Sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) dushanba kuni tavallud topganlar. Sarvari koinotga vahiy tushishi, ya’ni nubuvvatning bog‘lanishi ham dushanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Oysha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutishga ehtimom berardilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dushanba kuni ro‘zasi haqida so‘ralganlarida: «Bu men tug‘ilgan kun, men payg‘ambar qilib yuborilgan va menga Qur’on nozil qilingan kun», dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: «Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman» (Imom Termiziy rivoyati).

Shuningdek, Rasulimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning  Makkadan Madinaga xijratlari ham ayni shu kunda bo‘lgan. Bu kabi yaxshi voqealar dushanba kunida sodir bo‘lsayu, biz bu ulug‘ kunni “og‘ir kun” deyishimiz xatodir. Darhaqiqat, shunday ekan, bu kunni ham hurmatlash va xayrli amallarni aynan dushanba kunidan boshlash maqsadga muvofiqdir.

 

H. XOLBOYEV,

Bekobod tumani

“Ulug‘bek”jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohning mehribonligi

07.05.2025   1346   1 min.
Allohning mehribonligi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim bir yaxshilikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni O‘z huzurida unga o‘nta yaxshilikdan yetti yuz baravargacha qilib, undan ham bir necha baravar ko‘p qilib yozadi. Kim bir yomonlikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni unga birgina yomonlik deb yozadi" (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar