Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Dekabr, 2025   |   11 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:49
Peshin
12:31
Asr
15:22
Shom
17:08
Xufton
18:26
Bismillah
31 Dekabr, 2025, 11 Rajab, 1447

DUSHANBA KUNI...

24.11.2016   9858   1 min.
DUSHANBA KUNI...

Ko‘pchilik dushanba kunini og‘ir kun sifatida e’tirof etadi. Haqiqatdan ham shundaymi? Yo‘q. Holbuki, ushbu kunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hayotlari bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk voqealar bor. Jumladan, Sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) dushanba kuni tavallud topganlar. Sarvari koinotga vahiy tushishi, ya’ni nubuvvatning bog‘lanishi ham dushanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Oysha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutishga ehtimom berardilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dushanba kuni ro‘zasi haqida so‘ralganlarida: «Bu men tug‘ilgan kun, men payg‘ambar qilib yuborilgan va menga Qur’on nozil qilingan kun», dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: «Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman» (Imom Termiziy rivoyati).

Shuningdek, Rasulimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning  Makkadan Madinaga xijratlari ham ayni shu kunda bo‘lgan. Bu kabi yaxshi voqealar dushanba kunida sodir bo‘lsayu, biz bu ulug‘ kunni “og‘ir kun” deyishimiz xatodir. Darhaqiqat, shunday ekan, bu kunni ham hurmatlash va xayrli amallarni aynan dushanba kunidan boshlash maqsadga muvofiqdir.

 

H. XOLBOYEV,

Bekobod tumani

“Ulug‘bek”jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi

29.12.2025   1469   1 min.
Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi

Yil yakuni munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vaklligi tizimidagi masjidlarda faoliyat yuritib, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan, mas’uliyat bilan bajarib kelayotgan moliyaviy hisobchi (mutavalli)larga minnatdorlik bildirildi hamda ular munosib taqdirlandilar.

Tadbirda moliyaviy hisobchi (mutavalli)larning masjidlar faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy hisob-kitoblarni belgilangan tartib va qonun-qoidalar asosida olib borishdagi mehnatlari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab, ezgu niyatlar bildirildi.

Ushbu tadbir tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, ularning mehnatini qadrlash hamda mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Buxoro viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati 

Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi Yil yakuni munosabati bilan moliyaviy hisobchilar taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari