Xabaringiz bor, yaqinda Makka shahridagi Masjidul haromga maxsus marmardan yasalgan, balandligi besh metr, og‘irligi 5,5 tonna bo‘lgan, oltin zar hoshiyalar bilan bezatilgan naqshli minbar o‘rnatilgan edi.
Ushbu minbar o‘rnatilishi munosabati bilan Masjidul haromning bosh imom-xatibi shayx Abdurrahmon as-Sudays Masjidul harom hududida xizmat ko‘rsatish ishlari bosh direktori Faris bin Mu’oz as-Saudiyga yangi mikrofonlar jamlanmasini topshirdi.
As-Saudiyning aytishicha, yangi mikrofonlar tillorang bo‘lib, oldingi mikrofonlardan sifat jihatidan tubdan farq qiladi. Abdurrahmon as-Sudaysga minnatdorchilik bildirgan Faris bin Mu’oz as-Saudiy, endi bu mikrofonlar orqali namozxonlar juma mav’izalarini yanada aniq va sifatli eshitishlari mumkinligini alohida ta’kidladi.
Ilhom MA’RUPOV
tayyorladi
2025 yil — samarali faoliyat, el xizmatida birdamlik, ma’rifiy islohotlar, obod masjidlar va ijtimoiy ko‘maklar yili bo‘ldi!
Sarhisob — taraqqiyot va yangi ulkan maqsadlar omilidir.
Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati