2016 yil 5 noyabr kuni Buxoro shahar “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Fiqh – kishi nima foydali va nima zararli ekanini bilmog‘i va o‘rganmog‘idir” mavzusida bilim yurti fiqh fani mudarrisasi Husnugul Halimova boshchiligida hamda I va IV kurs talabalari tomonidan tashkillashtirgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tartibidan o‘rin oldi.
1-masala: Fiqhning inson hayotidagi o‘rni bo‘yicha bilim yurti 4-kurs talabalari bir qancha oyat va hadislardan dalillar orqali mohiyatni yoritib berishdi.
2-masala: Fiqhiy masalalar bayonini esa bilim yurti 1-kurs talabalari sahna ko‘rinishi tarzida ifoda etishdi.
3-masala: Ixtilof va firqachilikka barham berish masalasini ham sahnalashtirgan holatda 3 mazhab Shofeiy, Molikiy va Xanafiy yo‘nalishidagi ixtilofiy masalalarni bilim yurti 4-kurs talabalari izohlab berishdi.
4-masala: Turli fiqhiy masalalar yuzasidan muammoli vaziyat tashkil qilinib, bir qancha ixtilofiy savollar bilan barcha davra suhbatida ishtirok etgan talabalarga murojaat qilindi. Aynan shu jarayon davrani yanada jonlantirdi hamda hamma bilim yurti talabalari va tashrif buyurgan mehmonlar faol ishtirok etishdi.
Davra suhbatiga taklif qilingan mehmon “Ma’naviyat sarchashmasi” gazetasi muharriri Dilorom Halimova ma’naviy ozuqa olganligini, bilim yurti talabalarining izlanuvchan va zukkoligini aytib o‘z hayratini yashira olmadi. Ilm olish uchun yaratilgan shart sharoitlardan unumli foydalangan holda doimo shukronalik kayfiyatida faoliyat olib borishlikni tiladi.
Davra suhbatiga faol ishtirok etgan talabalar bilim yurti ma’muriyati tomonidan faxriy yorlig‘ va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Husnugul Halimova, Bilim yurti mutaxassis fanlar uslubiy
birlashma raisasi, hamda fiqh fani mudarrisasi
Ushbu anglashuv memorandumi ikki tomon o‘rtasida ilmiy salohiyatni kengaytirish va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik sohalarini rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni aks ettiradi.
Uchrashuvda quyidagilarga erishildi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Hadis ilmi maktabi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Mir Arab oliy madrasasi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Imom Termiziy nomidagi islom instituti o‘rtasida anglashuv memorandumlarini imzolanishi shular jumlasidandir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati