Sharq xalqlarida bir masal bor. Kim o‘qigan, kimlardir o‘qimagan. O‘qiganlar orasida uqmaganlari ham bo‘lishi tabiiy hol.
Bir yaylovda uchta sigir emin-erkinlikda, tinch va xotirjamlikda hayot kechirar edi. Yaylov yonida o‘rmon joylashgan bo‘lib, u yerdagi yovvoyi hayvonlar ham o‘z hayot tarziga ko‘ra umrguzaronlik qilishardi. Uch sigirdan birining rangi oq, ikkinchisiniki qora, uchinchisining rangi qizil edi. Uchala sigirning boshqalar bilan ishi yo‘q, shuningdek, boshqalarning ham ular bilan ishi yo‘q edi. Barcha hayvonlar o‘z tashvishlari bilan ovora. Ularga hujum qilish, ularni ovlash na bo‘rining, na sherning xayoliga kelmasdi. Mobodo shunday bo‘lgan taqdirda ham sigirlar birlashib, hamla qilmoqchi bo‘lgan hayvondan o‘zlarini himoya qilishar edi.
Shu yaylov yonidagi o‘rmonda noma’lum maxluq paydo bo‘ldi. U ham bir necha bor sigirlarga hujum qilib ko‘rdi. Ammo, foydasi bo‘lmadi. Aksincha yaylovdagilarning barchasi unga qarshi birlashdi. Maxluq ularni yo‘q qilish rejasi haqida yana bosh qotirdi. Hiylalarning zo‘rini ham o‘ylab topdi. Oq bayroq ko‘tarib chiqdi. Yaylovdagilarga o‘z murojaatini e’lon qildi:
“– Kelinglar, hammamiz tinch-totuv yashaymiz, men o‘zimni sizlarga tanishtirsam, mana shu o‘rmon, yaylov, daryo va qir-u adirlarning xo‘jayini men bo‘laman. Men shunday kuch-qudratga egamanki, hech kim amrimga qarshi chiqolmaydi. Shunday ekan men sizlarga o‘z xizmatimni taklif qilmoqchiman. Xohlasangiz, men sizlarni bo‘ri, sher kabi yirtqich o‘rmon hayvonlaridan himoya qilaman. Shunda sizlar xohlagan joyingizda emin-erkin yashab, o‘z joyingizga o‘zlaringiz hokimlik qilasizlar!”
Yaylovdagi sigirlar bu maxluqni kim ularga xo‘jayin qilib saylab qo‘ygani, yaylov shundoq ham o‘zlariniki ekani haqida o‘ylab ham ko‘rmadilar. Ba’zilarining ko‘ngli hokimlikni, ba’zilari bo‘ridan himoyalanishni o‘ylab, maxluqning taklifiga bajonidil rozi bo‘ldilar. Betayin maxluq o‘zini yaylov xo‘jayini ekaniligini bildirish uchun, yaylov atrofining har yeriga peshob qilib chiqdi. Bir necha marta sigirlar uchun zararsiz bo‘lgan tulki kabi kichik hayvonlarni yaylovdan quvib chiqardi. Bu bilan boshqa hayvonlar nazarida u o‘zini yaylovning mutlaq hokimi qilib ko‘rsatdi.
Kunlar shu zaylda davom etdi. O‘ylangan rejali hiylani amalga oshiradigan kun ham yetib keldi. Maxluq kengash chaqirdi. Negadir kengashga qizil va qora sigirlarni taklif qildi. Ammo oq sigirni taklif qilmadi. Kengashda “xo‘jayin” o‘z muddaosini bayon qildi:
“Ko‘rib turibsizlar yaylov keng va katta, uni bir o‘zim himoya qilishga qiynalyapman. Mana sizlarning rangingiz to‘q. Shuning uchun xavf-xatar ham yo‘q. Ammo oq sigirning rangi kechasi tiniq, kunduzi ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. U sababli sizlarni himoya qilishga qiynalyapman. Ruxsat bersangiz, undan qutulsak...”. Ular o‘zaro kelishdilar. Kelishuvdan so‘ng, maxluq oq sigirga hujum qildi va uni yeb bitirdi. Bu maxluqning yirtqich ekani hech kimning xayoliga ham kelmadi. Beparvolik, loqaydlik shu zaylda davom etdi.
Kunlar, kunlardan keyin haftalar o‘tdi. “Yirtqich”ning ko‘ngli sigir go‘shtini tusab qoldi. O‘ylagan rejasini davom ettirdi. Yoniga qora sigirni chaqirdi: “Sening rangingga gap yo‘q. Qizil sigir ko‘p muammolarni keltirib chiqaryapti. Oxirgi paytlarda gapga ham kirmay qo‘ydi. Buning ustiga uning rangi ham xira. Undan qutulish haqida fikringni bilmoqchi edim?!” Ular kelishdilar. Kengashdan chiqiboq, “yirtqich” qizil sigirga hujumga o‘tdi va uni yeb bitirdi.
Yirtqich qizil sigir go‘shtini ham hazm qilib bo‘lganidan keyin, xotirjamlik bilan qora sigirning oldiga bordi. Qora sigir ajali yaqinlashganini sezdi. U “yirtqich”dan “do‘stlik” hurmati o‘zini vahshiyona o‘ldirmaslikni iltimos qildi. “Yirtqich” unga “do‘stlik” hurmati sifatida oxirgi so‘zni aytishga ham ruxsat berdi. Qora sigir oxirgi so‘zini aytdi:
“Bu holatga tushishimni birinchi sigirga hujumga o‘tganingdayoq bilgan edim! Nega loqaydlik qildim. Afsus...endi kech!”.
Insonlarga pandu nasihat qilishda zarbulmasallarning o‘rni beqiyos. Masal orqali voqea-hodisalar va ularning oqibatlari bayon qilinsa, odamlarga yanada tushunarliroq, ta’sirli va zehnga o‘rnashib qolishi oson bo‘ladi.
Albatta, bu zarbulmasaldan ko‘plab chiroyli ibratlarni olish mumkin:
I. Axrorov
Toshkent islom instituti prorektori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
1. Quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin:
(a) 2025 yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31 dekabr – chorshanba;
(b) 2026 yilda:
(i) barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2 yanvar – juma, 28 may – payshanba, 29 may – juma, 31 avgust – dushanba;
(ii) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – shanba, 30 may – shanba, 31 dekabr – payshanba.
2. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
(a) ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8 mart – Xotin-qizlar kuni bayrami 2026 yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21 mart – Navro‘z bayrami hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026 yil 9 mart, 23 mart va 11 may – dushanba kunlariga ko‘chirilishi;
(b) ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026 yilda 12 dekabr – shanba kunidan 31 dekabr – payshanba kuniga ko‘chirilsin.
4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:
(a) Turizm qo‘mitasi va Madaniy meros agentligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar o‘tkazilishini tashkil etsin;
(b) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sog‘lomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin;
(v) “Uzbekistan Airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar o‘tkazish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga:
(a) mehnat jamoalari o‘rtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
(b) uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila a’zolari maroqli dam olishini ta’minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholining keng xabardor qilinishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PQ–452-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Belgilansinki, ushbu Farmon 2027 yil 1 yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotadi.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyev