Safarga otlanayotgan kishi uyidan chiqayotgan paytda quyida keltirilgan duoni o‘qisa, omonda bo‘ladi, inshaalloh.
بِسْمِ اللهِ تَوَكَّلْتُ عَلَى اللهِ ، لا حَوْلَ وَلا قُوَّةَ إِلا بِاللهِ .
“Bismillaahi tavakkaltu alallohi, laa havla va laa quvvata illaa billah” (Sunani Termiziy).
Ma’nosi: Allohning nomi bilan (safarni boshlayman), Allohga tavakkal qildim. Toatga quvvat va gunohdan saqlanishga bo‘lgan quvvat ham yolg‘iz Alloh taolodandir.
اللَّهُمَّ بِكَ أَصُولُ وَبِكَ أَحُولُ وَبِكَ أَسِيرُ
“Allohumma, bika asuulu va bika ahuulu va bika asiiru” (Musnadi Ahmad).
Ma’nosi: Yo Alloh! Sening madading bilan himmatlanaman, Sening madading bilan gunohdan tiyilaman, Sening madading bilan safarga chiqaman.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Imom Shofe’iy rahimahulloh aytadilar: "Zakotni olgan odam xohlasa, zakot bergan odamning haqqiga "Ajarokallohu fiy maa a’toyta, va ja’alahu laka tohuuron, va baaraka laka fiy maa abqoyta", deb duo qilsin".
Ma’nosi: Berganingga Alloh ajr ato qilsin, poklovchi qilsin, qolganiga baraka bersin.
Zakot, sadaqa, nazr, kafforat yoki shunga o‘xshash narsalarni bergan odamning "Robbanaa! Taqobbal minnaa, innaka antas samiy’ul ’aliym".
Ma’nosi: Robbimiz, bizdan qabul qil, Sen eshituvchi, biluvchi Zotsan deyishi mustahabdir.