Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Yanvar, 2026   |   15 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:26
Shom
17:11
Xufton
18:29
Bismillah
04 Yanvar, 2026, 15 Rajab, 1447

Ruh va nafs

18.07.2016   8409   1 min.
Ruh va nafs

Insonda ruh va nafs bordir. Ruhning ozuqasi shariatga muvofiq bo‘lgan barcha amallar bo‘lib, kimki biron shar’iy amalni qilsa ruh quvvatlanadi. Mana shu sababdan namoz o‘qib bo‘lgach ruhiy taskinlik topiladi.

  Nafsning istagi esa shariatning xilofi bo‘lgan narsalar bo‘lib, o‘sha amal sabab nafsi ammora quvvatlanadi.  Namoz qazo bo‘lganida, qazoni o‘qimay yuraverish, o‘qish qiyin bo‘lishi o‘sha nafsi ammora istagi bo‘lib, u shundan quvvatlanaveradi.

   Ruh va nafs bir-birining ziddi bo‘lib birining quvvatlanishi ikkinchisini kuchsizlanib,  quvvatsiz bo‘lishiga olib boradi.

Musulmon kishi ibodatlarga qancha haris bo‘lsa, namozini vaqtida o‘qisa, zakotini ta’xirsiz ado qilsa, sadaqotlari to‘kis bo‘lsa, Kalamulloh tilovatida bardavom bo‘laversa, ruhi quvvatlanib, nafsi ammorasi kuchsizlanaveradi. Ibodatlar unga sevimli bo‘laveradi.

  Kimki shahvatiga qul bo‘lib, zinoga giriftor bo‘lsa, halol-harom farqiga bormasdan luqmasiga e’tiborsiz bo‘laversa, nafsi kuchayib, ruhi quvvatsizlanaveradi. Oqibatda ibodatlar uning uchun qiyin, yoqimsiz bo‘laveradi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qiladi: 

وَمَا أُبَرِّئُ نَفْسِي ۚ إِنَّ النَّفْسَ لَأَمَّارَةٌ بِالسُّوءِ إِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّي ۚ إِنَّ رَبِّي غَفُورٌ رَّحِيمٌ  

«Va o‘z nafsimni oqlamayman. Albatta, nafs, agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka ko‘p undovchidir. Albatta, Robbim mag‘firatli va bilguvchidir», dedi.  Yusuf surasi. 53 oyat.

Mana bu muborak oyatda Robbimiz jalla sha’nuhu bizlarga nafsi ammoramiz holatini bayon qilib,  O‘zi rahm qilmasa holimiz xarob bo‘lishini ta’kidlamoqda. Robbimizning  bizga rahm qilishi esa,  shariatga muvofiq amallarga muyassar qilishi bilan bo‘ladi.

Alloh taolo barchamizni istiqomati shariatda mahkam qilsin.

 

Imom Rabboniy (q.s)ning

Maktubot kitobi asosida

Sunnatulloh Abdulbosit tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namangan viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

29.12.2025   8428   1 min.
Namangan viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda bir necha masalalar qatori Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon qori Abbosiddinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani, Namangan shahar bosh imom-xatibi vazifasida mehnat qilayotgan Abdulloh domla Samadov Namangan viloyati bosh imom-xatibi etib tayinlangani e’lon qilindi. 

Abdulloh domla Samadov 1972 yili Namangan shahrida tavallud topgan. 1998 yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. Namangan shahridagi “Boqi Polvon” jome masjidi imom-xatibi va shahar bosh imom-xatibi vazifalarida ishlab kelgan. 

Alloh taolodan yangi vazifaga tayinlangan Abdulloh domla Samadovga mas’uliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari