Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447
Maqolalar

Xushxabar: Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga muqaddas Ka’ba yopinchig‘i (kisva) bo‘lagini hadya etadi

14.08.2024   4070   4 min.
Xushxabar: Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga muqaddas Ka’ba yopinchig‘i (kisva) bo‘lagini hadya etadi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va g‘oyasi bilan mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazi mega-loyihasi amalga oshirilmoqda. Markaz tomonidan xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari, muzey va kutubxonalari va sohaga oid idoralari bilan aloqalar o‘rnatilmoqda.

Ana shunday muloqotlar doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Xaj va Umra vazirligining Jidda shahridagi qarorgohida mas’ullar bilan uchrashdi. Delegatsiyani Xaj va Umra vazirligining Xalqaro aloqalar departamenti rahbari hamda vazirning Jidda shahridagi vakili Hasan ibn Yahyo kutib oldi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va Xaj va Umra vazirining Jidda shahridagi vakili Hasan ibn Yahyo o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda, bugungi kunda diniy islohotlar natijasida ilmiy tadqiqot, diniy muassasalar tashkil etilgani va bundan maqsad esa, diyorimizdagi ulug‘ ajdodlarimizning madaniy merosini tiklash, asos solingan ilmiy ta’lim muassasalarini qayta rivojlantirish, faoliyatini o‘rganish, shu bilan birgalikda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsad qilingani aytildi.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Saudiya Arabistonidagi boy ilmiy, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muzeylar, tarixiy obidalar va islom sivilizatsiyasini o‘zida mujassam etgan maskanlarni o‘rganish ko‘zda tutilgani ham e’tirof etildi.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonning do‘stona munosabatlari, diplomatik aloqalari yuksak darajada ekanligi tilga olindi. Xususan, roppa-rosa bir yil avval, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga yordam bergani ham ta’kidlandi. Shuningdek, o‘tgan yili sentyabr oyida Xaj va Umra vaziri O‘zbekistonda bo‘lib, ko‘plab yangi bitimlar tuzilishiga erishilganini eslab o‘tdi.

 — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu markaz muzeyini yangi mazmun bilan boyitish bo‘yicha bir qator topshiriqlar bergan. Shu asosida, ilmiy jamoatchilik fikrlari ham o‘rganilyapti, qator qarorlar qabul qilinyapti. Xalqaro tajribani o‘rganish bo‘yicha Prezident tomonidan berilgan topshiriqlar asosida, mana bugun Saudiya Arabistonidamiz. Bir necha kun davomida delegatsiyamizga yaqindan yordam bergani uchun Saudiya Arabistoni hukumati, Vazir janoblari va barcha mas’ullarga o‘zimizning samimiy minnatdorligimizni bildiramiz. Muzeylar faoliyatini o‘rganish, tajribalar bilan o‘rtoqlashish foydadan holi bo‘lmadi, - dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori ushbu vazirlik mas’ullarini Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tadigan xalqaro kongressga taklif qildi. O‘z navbatida, Xaj va Umra vazirligining Xalqaro aloqalar departamenti rahbari Hasan ibn Yahyo bu taklifni samimiyat bilan kutib olgani va albatta, ishtirok etishga rozi ekanini bildirdi.

Hasan ibn Yahyo O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam ekani va o‘zi ham O‘zbekistonda bo‘lgan vaqti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgani, uning ochilishini intiqlik bilan kutayotgani, diniy-ma’rifiy sohada markaz muzeyi ekspozitsiyasini yangi mazmun bilan boyitishda har qanday ko‘makka, fikr almashishga tayyor ekanini bildirdi. Ayniqsa, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishiga, muzey uchun Saudiya Arabistoni Podshohligi muqaddas Ka’ba yopinchig‘i (kisva) bo‘lagini tuhfa qilish istagini alohida ta’kidladi. U  davlatlarimiz o‘rtasidagi uch bosqichli hamkorlikka alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Avvalambor, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston davlatlari rahbarlari o‘rtasidagi diplomatik aloqalar mavjud. Qolaversa, ikkinchi bosqichda – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Xaj va Umra vazirligi o‘rtasida ilmiy aloqalar, do‘stona munosabatlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mana endi esa, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari boshchiligidagi delegatsiyani Saudiya Arabistoniga tashrifi esa, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan muloqotlarning amaliy natijasi desa bo‘ladi. Ta’kidlash joiz, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini qurilishi tahsinga sazovor. Negaki, aynan islom madaniyati, sivilizatsiyasi bilan bog‘liq masalalarni bir markazda jam qilish oqilona siyosat, - dedi Hasan ibn Yahyo.

Uchrashuv asnosida, kelgusidagi hamkorlikning muhim jihatlari o‘zaro kelishib olindi. Har ikki tomon ham hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilgan kitob-albomi tuhfa etildi. Samimiy ruhda kechgan uchrashuv hamkorlikni yanada yangi bosqichlarga olib chiqishi e’tirof etildi. 

cisc.uz 

 

Xushxabar: Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga muqaddas Ka’ba yopinchig‘i (kisva) bo‘lagini hadya etadi
Boshqa maqolalar

Yetkazib berish kechikkani sababli qo‘shimcha taom berish

07.07.2025   4605   1 min.
Yetkazib berish kechikkani sababli qo‘shimcha taom berish

Savol: Ba’zi yemakxonlar taom yetkazib  berishni kechiktirgani uchun buyurtmadan tashqari qo‘shimcha taom taqdim etar ekan. Shu ish joizmi? Agar reklamada qo‘shimcha bepul taom berish emas, balki yetkazib berilgan taomning pulini olmaslik aytilgan bo‘lsa, hukm qanday bo‘ladi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

1. Taomga buyurtma berish bitimi shariatdagi istisno’, ya’ni buyurtma asosida ma’lum mahsulotni tayyorlab berish shartnomasiga to‘g‘ri keladi. Agar savoldagi shart faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida alohida bunday shart qo‘yilmasa, sotuvchi tarafidan berilgan bu va’da joiz hisoblanadi va unga vafo qilishi kerak bo‘ladi.

Agar buyurtma berishda yetkazib berish kechikishi sababli qo‘shimcha taom berish sharti qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Bitimdagi bunday shart moliyaviy jarima sanaladi. Mahsulot tayyorlab berish (istisno’) bitimida sotuvchiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llashga ruxsat etiladi.

Demak, qo‘shimcha bepul taom berish va’da ko‘rinishida bo‘lsa ham, shartnomada aks etgan bo‘lsa ham joiz ekan.

2. Yetkazib berish kechiksa, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida bunday shart qo‘yilmasa, bu ham sotuvchi tarafidan berilgan va’da bo‘ladi va joiz hisoblanadi. Ammo buyurtma berish jarayonida yuqoridagi shart qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Shartnomada esa buyurtma summasidan voz kechish shartini qo‘yish durust emas.

Demak, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik va’da ko‘rinishida bo‘lsa joiz, bitimda shart qilinsa, joiz emas. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi