Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2025, ,

Juma kuni ushbu 8 amalni bajarishni unutmang!

12.09.2024   11832   2 min.
Juma kuni ushbu 8 amalni bajarishni unutmang!

Alloh taolo Juma surasida bunday marhamat qiladi: «Ey iymon keltirganlar! Juma kunidagi namozga chorlangan paytda Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying. Agar bilsangiz, ana shu o‘zingiz uchun yaxshidir» (9-oyat).

Alloh taolo juma kuni musulmonlarga bayram qilib bergan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Quyosh chiqqan kunnning eng yaxshisi juma kunidir, chunki u kunda Odam alayhissalom yaratilgan, u kunda jannatga kiritilgan va u kunda jannatdan chiqarilgan va qiyomat ham juma kuni bo‘ladi”, deganlar.

Bu kunda Alloh taolo bu ummatga juda ko‘plab ne’matlar ato etgan.

Rasululloh sollallohu alyhi va sallam: “Juma kunida bir vaqt borki, biror musulmon namoz o‘qib turgan holda o‘shanga to‘g‘ri kelib qolib, Allohdan yaxshilik so‘rasa, unga buni albatta beradi”, dedilar.

Juma kunining bir qancha odoblari bo‘lib, ularga har bir mo‘min banda amal qilmog‘i lozim:

1. G‘usl qilish. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: Kim juma kuni tahorat olsa, qandayam yaxshi. Ammo kimki g‘usl qilsa, yanada afzaldir!”.

2. Misvok ishlatish, sochni yog‘lab parvarishlash, xushbo‘ylik sepish.

3. Eng yaxshi va toza liboslarni kiyish.

4. Masjidga shoshilmay, zikr aytib yurib borish.

5. Odamlar orasidan hatlab o‘tmaslik.

6. Kahf surasi o‘qish.

7. Duolar qabul bo‘ladigan vaqtni g‘animat bilish. Ulamolar ushbu vaqt haqida 2 xil fikr bildirishgan.

Birinchisiquyosh botishidan oldingi oxirgi soatdir;

Ikkinchisi – bu soat imom xutba aytishi bilan juma namozi tugagunga qadar bo‘lgan vaqt orasidadir.

8. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Menga juma kunida va juma kechasida ko‘p salavot aytinglar, kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta salavot aytadi”, deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

 

Boshqa maqolalar
Videolar

"Namozda oyoq keng ochilmasligi kerak"

17.12.2025   4780   1 min.

Ilhom domla Umarjon o‘g‘li, Mo‘yi Muborak masjidi imom-xatibi

VIDEO