Axborot xati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 avgustdagi PQ-292-sonli “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani 2024 yil 17-18 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
Anjumanda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
Xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etish hamda maqola va ma’ruza taqdim qilish tartiblari:
Maqolalar elektron shaklda taqdim qilinadi. Maqola matni MS OFFICE WORD dasturi, Times New Roman shrifti, 12 kegel kattaligi, asosiy matni 1,5 interval varaqning chap tomonidan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pasti 2 smda bo‘lishi lozim. Matn 7000 so‘zdan (foydalinilgan adabiyotlar bilan) oshmasligi lozim. Sarlavhadan so‘ng o‘zbek, rus, ingliz tillarida qisqacha annotatsiya (200-250 so‘z) va kalit so‘zlar berilishi shart. Matnlarda havola (snoska)lardagi adabiyotlar to‘liq yozilishi va har bir sahifa ostida ko‘rsatilishi kerak.
Sahifaning birinchi qatorda: ma’ruzachining ismi sharfi; ikkinchi qatorda: tashkilot, lavozim, ilmiy daraja va unvoni, shahar va mamlakat nomi; uchinchi qatorda: muloqot telefonlari, joy kodi bilan elektron manzil ko‘rsatiladi. So‘ngra 1 interval qoldirilib, maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi.
Maqolaning to‘liq matnlarini yuborish muddati: 05.10.2024
Anjuman joyi va sanasi Termiz shahri 2024 yil 17-18 oktyabr kunlari.
Maqolalarni ushbu elektron manzilga jo‘natilishi so‘raladi:
termiziycenteruz@gmail.com telegram: @imomtermiziy2024 Tel:+88888888
Manzil: 190108, Termiz shahri, Shimoliy darvoza 3-uy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Savol: Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida tushuncha bersangiz, uni juma kuni ham tutsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida Imom Buxoriy rahimahulloh quyidagi hadisni rivoyat qilganlar:
Abul Abbos Makkiy aytadi: “Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu taolo anhumoning shunday deganini eshitdim: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: “Sen doimo ro‘za tutar va kechalari ibodat qilar ekansan?” – dedilar. Men: “Ha”, dedim.
U zot alayhissalom: “Agar sen shunday qilsang, ko‘zing zaiflashib, nafsing toliqadi. Kim yil bo‘yi ro‘za tutsa, ro‘za tutmabdi. Har oyda uch kun ro‘za tutish – yil bo‘yi ro‘za tutish kabidir”, dedilar.
“Men bundan ham ko‘prog‘iga qodirman”, dedim.
U zot alayhissalom: “Unda Dovud alayhissalomning ro‘zasini tut, u kishi bir kun ro‘za tutar va bir kun og‘zi ochiq bo‘lar hamda dushmanga yo‘liqqanda qochmas edi”, dedilar.
Kimdir mazkur hadisga amal qilib, Dovud alayhissalom ro‘zasini tutayotganda uning ro‘zasi juma kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, hech karohiyatsiz joiz bo‘ladi.
Kishining nafl ro‘za tutishga odatlangan kunlari yoki Ashuro kuni kabi fazilatli ro‘zalar juma, shanba yoki yakshanba kunlaridan biriga to‘g‘ri kelib qolsa, shu kuni ro‘za tutishi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.