Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2025   |   4 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:03
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2025, 4 Rajab, 1447

Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi

30.09.2024   15924   2 min.
Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi

Bugun, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Robiul avval oyi munosabati bilan Nabiy alayhissalom siyratlariga bag‘ishlangan mavlidi sharif, Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Rabboniy nidolar” va “Yoshlarga nasihatim” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Qur’oni karim tilovati va Muftiy hazratlarining duolari bilan boshlandi. 

Marosimda so‘zga chiqqan notiqlar Haq taolo diyorimizga behisob xayru barakalarini yog‘dirayotgani, so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ota-bobolarimiz yuz yillar davomida orzu qilishgani, xususan, Robiul avval oyida yurtimizdagi masjidlarda mavlidlar o‘qilishi, diniy ta’lim muassasalari soni tobora ortib, ustoz va talabalarga eng yaxshi sharoitlar qilib berilayotgani, yuzlab kitoblar nashr etilayotganini alohida ta’kidladilar.  

Shuningdek, Muftiy hazratlari muallifliklaridagi hadisi qudsiy va yoshlar tarbiyasiga oid mazkur kitoblarni mutolaa qilgan kitobxon dinimiz mohiyatini yanada teran anglashi, “Rabboniy nidolar” o‘zbek tilida  qudsiy hadislar jamlanib, mo‘tabar manbalar asosida sharhlangan ilk nashr ekani, “Yoshlarga nasihatim” kitobida yoshlarga oid muhim masalalar sodda, ravon va ta’sirchan uslubda yozilganiga urg‘u qaratildi.  

Ta’kidlash joizki, joriy “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yurtimizda davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. “Yoshlarga nasihatim” kitobi ham ana shu tashabbusdan ilhom olib yozilgan. 

Kitobni mutolaa qilgan o‘quvchi o‘zini buyuk ajdodlarimizning vorisi ekanligini tasavvur etadi hamda ularga munosib avlod bo‘lishga, bilim olib yetuk shaxs bo‘lib voyaga yetishishga, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘laydi. Zero, kitobdan ko‘zlangan asl maqsad ham shu aslida. 

So‘ng Robiul avval – Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tavallud topgan oy munosabati bilan Payg‘ambarimizning hayot yo‘llari, u zotning butun ummatga, barcha insoniyatga ezgulikda namuna ekanliklari oyat va hadislar, mavlidi shariflar va turli ijodiy chiqishlar orqali namoyon etildi. 

Tadbir so‘nggida Muftiy hazratlari so‘zga chiqib, siyrat oyida Muhammad sollallohu alayhi vasallam xusni xulqlarini o‘rganish va ularni farzandlarimizga o‘rgatish inson ruhiy olamini boyitishi, mazkur kitoblar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ilm-ma’rifatli qilish yo‘lidagi kamtarona urinish ekanini izhor etdilar. Shuningdek, mana shunday ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash, ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiyasini yuksaltirish hamda yurtimiz rivoji, dinimiz rivoji va xalqimiz faravonligiga hissa qo‘shadigan munosib avlodni tarbiyalash ekanini bayon etdilar.  

Qasidalar, munojotlar va salovoti shariflar marosimga o‘zgacha fayz baxsh etdi.

Bahriddin Xushboqov,
Farrux Yo‘ldoshev (surat),

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi Mavlidi sharif, ustozlar bayrami va kitoblar taqdimoti fayzli o‘tdi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmon imzolandi

19.12.2025   14197   1 min.
Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmon imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmonni imzoladi.

Hujjat Konstitutsiyaviy sud faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud ishlarini yuritishda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

– fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish;

– konstitutsiyaviy shikoyat institutini takomillashtirish va sud himoyasini kuchaytirish;

– davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan konstitutsiyaviy nazoratni ta’minlash;

– 2026–2027 yillarda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish dasturini amalga oshirish;

– sud ishlarini yuritishda "E-KSUD" axborot tizimini joriy etish, elektron murojaatlar, onlayn kuzatuv va videokonferensiya orqali sud majlislarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish;

– sud majlislarini jonli efirda uzatish, audioyozuv orqali qayd etish va elektron bayonnomalarni shakllantirish;

– davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya orqali fuqarolar va tadbirkorlarni ortiqcha ovora qilmasdan zarur ma’lumotlarni elektron shaklda olish amaliyotini joriy etish.

Farmon Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda sud tizimida zamonaviy, ochiq va xalqqa yaqin mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.

MAQOLA