Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Mart, 2025   |   10 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:43
Peshin
12:38
Asr
16:38
Shom
18:27
Xufton
19:40
Bismillah
10 Mart, 2025, 10 Ramazon, 1446

Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy

10.10.2024   5212   2 min.
Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy

Bulg‘or islom akademiyasi Ilohiyot kafedrasi o‘qituvchisi Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy 1975 yilda Yamanning Haj viloyatida tavallud topgan.

1979 yilda oilasi bilan Jidda shahriga ko‘chib kelgan va o‘n yil o‘sha yerda istiqomat qilgan. Dastlabki diniy ta’lim va Qur’oni karimdan saboqlarini aynan shu joyda olgan.

1989 yili vatani Yamanga qaytib, ilm tahsilini davom ettirgan. Shayx Abdulmajid Zindoniy rahbarlik qiladigan “Imon” universitetiga o‘qishga kirgan. Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy Shayx Sodiq al-Iroqiy, Shayx Mustafo Banjaviy, Shayx Solih Asmiriy kabi ulug‘ ustozlarda ta’lim oldi.

2000 yilda universitetning bakalavr bosqichini tamomlab, Qatar poytaxti Doha shahrida magistraturani davom ettirgan.

2001-2007 yillar davomida Qatar fatvo qo‘mitasida faoliyat olib borgan.

2007 yildan hozirga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining fatvo qo‘mitasida faoliyat olib bormoqda. Ushbu muddat orasida BAAdagi Muhammad V universitetida doktorlik darajasini olgan.

BAA poytaxti Abu Dabidagi Shayx Zoyid universitetida ham to‘rt yil mudarrislik qilgan.

Doktor Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy hazratlari ko‘plab asarlar muallifi sanaladi. Xususan, “Yaxshi ong va fuqarolikning shakllanishida fatvoning o‘rni”, “Qursalik olimlar va ularning ilm va da’vatdagi o‘rni”, “Imom Moturidiyning sifat oyatlari haqidagi manhaji” “Imom Ash’ariy aqida ilmida uch bosqichdan o‘tganmi?” “Zamonaviy fatvolar bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish choralari”, “Fiqh va tasavvuf o‘rtasidagi robita va uning oila va jamiyatga ta’siri” “Islomdagi mazhablarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi” shular jumlasidan.

Ayniqsa olimning ahli sunna val jamoa aqidasini turli botil aqidalardan himoya qilib yozgan “Alqovlut tam bi isbatit tafvizi mazhabaa lis salafil kirom”, “Al-Asha’iro val-Matrudiya hum savodul a’zam” asarlari dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi.

Bugungi kunda Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy Bulg‘or islom akademiyasida turli islomiy fanlardan dars berib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda

9.03.2025   3791   2 min.
Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda

Ramazon oyi davomida bir guruh ulamolar, imom-domlalar va mohir qorilar chet eldagi vatandoshlar bilan ma’rifiy suhbatlar qilish, Ramazoni sharif bilan qutlash, ularning diniy savollariga javob berish hamda taroveh namozida ishtirok etish maqsadida AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya singari mamlakatlarda xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolov, Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrullo domla Abdullayev, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar “Islom” masjidi imom-xatibi Alisher domla Naimov, , Toshkent shahar Olmazor tumani “Imom at Termiziy” masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abduraxmonov, Toshkent shahar Yunusobod tumani “Yunus ota”  masjidi imom noibi Jamoliddin domla Qodirov,  Andijon shahar “Chinor” masjidi imom-xatibi Avazbek domla Mo‘minov, Andijon tumani “Usmoni Zinnurayn” masjidi imom-xatibi Fazliddin  domla Abdullayev Janubiy Koreyaning Seul, Chengju, Mokpo, Dayegu kabi shaharlaridagi tadbirlarda qatnashib, manfaatli suhbatlar o‘tkazmoqdalar.

AQSHning Nyu-York, Filadelfiya, Orlando, Sinsinnati, Chikago, Nyu-jersi shaharlaridagi vatandoshlar Toshkent shahar “Siroj solih” masjidi imom-xatibi Hasan domla Qodirov,  Toshkent shahar “Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq, Andijon viloyati “Eski Gumbaz” masjidi imom-xatibi Botir domla Tojiboyev, Toshkent shahar “Firdavs” masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorov, Namangan shahar “Mulla Bozor Oxund” masjidi imom-xatibi Zoxidjon domla Nomonov, Toshkent shahar “Hazrati Umar” masjidi imom-xatibi Fazliddin domla Mamadaliyev, Samarqand viloyati “Xo‘ja Abdu Darun” masjidi imom-xatibi Zafar domla Mahmudov, Farg‘ona viloyati “Xo‘ja Abdulloh” masjidi imom-xatibi Abduvohid domla Mansuraliyevning ma’ruzalari va xatmi Qur’onlariga some’ bo‘lmoqdalar. 

Mana shunday tadbirlar Rossiya Federatsiyasining Magandan va Xabarskiy kabi hududlariga ishlash, ta’lim olish uchun borgan vatandoshlarimiz uchun ham tashkil etilmoqda. Ushbu mintaqalardagi uchrashuvlarda Namangan viloyati “Mulla Abduqodir” masjidi imom-xatibi Muzaffar domla Ibragimov, Toshkent shahar Chilonzor tumani “Choshtepa” masjidi imom-xatibi  Hakimjon domla Xotamov  ishtirok etmoqda. 

Safar davomida diniy soha xodimlari vatandoshlar bilan muloqotlarda Islom dini qadriyatlari, Ramazon oyi fazilatlari, ona-Vatanga muhabbat va buzg‘unchi g‘oyalarga aldanmaslik kabi mavzularda ham suhbatlar qilmoqdalar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda Ulamolarimiz AQSH, Rossiya va Janubiy Koreyada Ramazon tadbirlarida ishtirok etmoqda
O'zbekiston yangiliklari