S.Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning birinchi o‘qigan namozlari qaysi?
J.Peshin namozi.
S.Odam alayhissalomdan Nuh alayhissalom davrigacha bo‘lgan oraliq vaqt qancha?
J.O‘n asr.
S.Hamma oyatida Allohning ismi zikr qilingan sura qaysi?
J.Mujodala surasi.
S.Qaysi oyatda arab harflarining barchasi ishlatilgan?
J.Fath surasining oxirgi oyatida.
S.Insonni Dajjol fitnasidan asraydigan o‘nta oyat qaysi?
J.Kahf surasining avvalgi o‘nta oyati.
S.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘rganishni tavsiya qilgan sura qaysi?
J.Nur surasi.
S.Meros hukmlari kelgan sura qaysi?
J.Niso surasi.
S.“Kichik Niso surasi” deb nomlangan sura qaysi?
J.Taloq surasi.
S.“Munjiya” (najot beruvchi) deb nomlanmish sura qaysi?
J.Mulk surasi.
S.Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning islomga kirishlariga sabab bo‘lgan sura qaysi?
J.Toho surasi.
S.Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qiyomatni ko‘zi bilan ko‘rmoqchi bo‘lsa o‘qisin", deb aytgan suralari qaysi?
J.Takvir, Infitor, Inshiqoq suralari.
S.Qaysi sahobiydan farishtalar ham hayo qilar edi?
J.Usmon ibn Affon raziyallohu anhudan.
S.Qorilarning sayyidi deb nom olgan sahobiy kim?
J.Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu.
S.Baytul ma’mur qayerda joylashgan?
J.Osmonda.
S.Xaloyiq ichida eng oxiri o‘ladigan kim?
J.O‘lim farishtasi.
S.Jannatning eng oliy darajasi qaysi?
J.Firdavs.
S.Tarovih namoziga odamlarni jamlagan kim?
J.Umar ibn Xattob raziyallohu anhu.
S.Rasullulloh sollallohu alayhi vasallamning nechta farzandlari bo‘lgan?
J.Yettita.
S.Jannat xazinabonining ismi nima?
J.Rizvon.
S.Do‘zax xazinabonining ismi nima?
J.Molik.
S.Jannatning nechta eshigi bor?
J.Sakkizta.
S.Do‘zaxning nechta eshigi bor?
J.Yettita.
S.A’rof nima?
J.A’rof – jannat bilan do‘zax o‘rtasidagi arosat joy.
S.A’rof egalari qayerga tushadi, jannatgami yoki do‘zaxga?
J.Jannatga tushadilar.
S.Hikmat berilgan, payg‘ambarlik berilmagan kishi kim?
J.Luqmoni hakim.
S.Bir kuni ro‘za tutib, bir kuni og‘zi ochiq yurishni odat qilgan payg‘ambar kim?
J.Dovud alayhissalom.
S.Daraxtni ichiga yashiringanda arralab o‘ldirilgan payg‘ambarning ismi nima?
J.Zakariyo alayhissalom.
S.Dushmanining qo‘lida tarbiyalanib katta bo‘lgan payg‘ambar qaysi?
J.Muso alayhissalom.
S.Beshikda gapirgan va hozirgacha tirik bo‘lgan payg‘ambar qaysi?
J.Iso alayhissalom.
S.“Men ikki qurbonlik qilingan zotlarning o‘g‘liman” degan payg‘ambar qaysi?
J.Muhammad sallallohu alayhi vasallam.
S.Maryam alahissalomni o‘z kafilligiga olgan payg‘ambar qaysi?
J.Zakariyo alayhissalom.
S.Nuh alayhissalomning ahlidan najot topmagan ikki kishi kim?
J.Xotini va o‘g‘li.
S.Masihi Dajjolni o‘ldiradigan payg‘ambar kim?
J.Iso alayhissalom.
S.Muhammad alayhissalomning tuyalarining ismi nima edi?
J.Qasvo.
S.To‘fondan so‘ng Nuh alayhissalomning kemalari qayerda qo‘ndi?
J.Judiy tog‘iga, Ashuro kuni.
S.Yeyish mumkin bo‘lgan, ammo sotish mumkin bo‘lmagan taom qaysi?
J.Qurbonlik go‘shtidan tayyorlangan taom.
S.Bashariyat tarixida eng olisga qilingan safar qaysi?
J.Isro va Me’roj.
S.Sidratul muntaho nima?
J.Yettinchi osmondagi buyuk daraxt.
S.Muqaddas ruh kim?
J.Jabroil alayhissalom.
S.Jabroil alayhissalomning qanotlari nechta?
J.Olti yuzta.
S.Iso alayhissalom qayerda tug‘ilganlar?
J.Falastinda Bayti Lahmda.
S.Qavmini o‘ttiz yil dinga da’vat etgan, ammo birorta ham kishi imon keltirmagan payg‘ambar qaysi?
J.Lut alayhissalom.
S.Qaysi pag‘ambarlar uylanmay bo‘ydoq o‘tishgan?
J.Yahyo va Iso alayhissalomlar.
S.Ko‘z o‘ngida ayolini farishtalar kuydirib yuborgan payg‘ambar qaysi?
J.Lut alayhissalom.
S.Sajdada turgan holida boshi chopilgan payg‘ambar qaysi?
J.Yahyo alayhissalom.
S.Qiyomat kunida xotinidan qochadigan payg‘ambar qaysi?
J.Lut alayhssalom.
S.Jannat ahlining yoshi necha yoshda bo‘ladi?
J.O‘ttiz uch yoshda.
S.Qiyomat kuni odamlar orasida birinchi hukm qilinadigan masala qaysi?
J.Nohaq to‘kilgan qonlar.
S.Birinchi bo‘lib fitna tufayli o‘limni orzu qilgan zot kim?
J.Yusuf alayhissalom.
S.Jannat ahlining sayyidalari kim?
J.Xadicha bint Xuvaylid, Fotima bint Muhammad alayhissalom, Maryam bint Imron va Firavnning ayoli Osiyo roziyallohu anhunna.
S.Birinchi bo‘lib soatni joriy qilgan kim?
J.Nuh alayhissalom, kemada namoz vaqtlarini aniqlash uchun.
S.Ka’baning ichida nozil bo‘lgan oyat qaysi?
J.Niso surasining 58-oyati
Joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar diniy soha xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha «Muftiy sovrini – 2025» musobaqasi bo‘lib o‘tgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bergan edik.
Bugun, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi markaziy «Imom Eshon Muhammad» jome masjidida ushbu musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Ye.Qutiboyev, Vazirlar Kengashi kotibiyat mudiri J.Yusupov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov, «Muhammad ibn Ahmad al Beruniy» madrasasi direktori J.Abdirazzaqov, qoziyat, madrasa xodimlari va imom-xatiblar ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Ye.Qutibayev, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov musobaqa ishtirokchilarini g‘alaba bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alar berildi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti.